ARXIV FAOLIYaTI RIVOJLANTIRILMOQDA
Bugungi kunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligining idoraviy, FHDYo va Notarial arxivlari xalqimizga, davlat idoralari va boshqa tashkilot hamda korxonalarga xizmat koʻrsatib kelmoqda.
Hozirda arxivlarda jami 110 mingga yaqin saqlov birligidagi hujjatlar sohaga masʼul xodimlar tomonidan saqlanib kelinmoqda.
2014-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan hududiy adliya organlarida, shu jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligida hujjatlarning "umri”ni uzaytirish maqsadida kelib tushgan hujjatlarni kirim qilib, roʻyxatdan oʻtkazish uchun "JUSTICE” elektron hujjat aylanishi tizimi ishga tushirildi.
Bu tizimning oʻzgachaligi shundaki, hujjatlarni kirim qilishdan avval har bir varaq skaner qilinib, elektron shaklga keltiriladi va tizimga biriktiriladi.
Kirim qilingan har bir hujjatga qoʻshimcha ilova qilingan hujjatlar shuningdek, ularning natijasi yuzasidan jamlangan hujjatlar ham biriktirilib, nazoratdan olinadi. Shu tariqa har bir hujjat elektron arxiv hujjatiga aylanadi.
Hozirgi kunda axborot olishga boʻlgan ehtiyoj tobora oshib borayapti. Mazkur jarayon adliya organlari, shu jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning tarkibidagi arxivlar faoliyatini rivojlantirishda yangicha yondashuvni talab etmoqda. Shu bois mavjud arxivlarning Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan zamonaviy axborot – kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlanishiga katta eʼtibor qaratilayapti. Bu esa ish samaradorligini oshiribgina qolmay, hujjatlarni sifatli hamda uzoq muddat saqlash imkoniyatini ham bermoqda.
I.RAZAKOV,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi Tashkiliy-nazorat va tahlil shoʻʼbasi yetakchi maslahatchisi.
Foto - http://zarnews.uz

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶