15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 08:52
Jamiyat 👁 2,521

Qoraqalpogʻiston Respublikasining tabiati va iqlimi

Qoraqalpogʻiston Respublikasining tabiati va iqlimi

Ona kalomi sanoqli soʻzlargagina qoʻshib aytiladi: ona-Vatan, ona til, ona tabiat. Bejizga ona tabiat demaymiz. Bola ona bagʻrida oʻsib-ulgʻaygani singari insoniyat hayoti ham tevarak-atrofimizni oʻrab turgan mana shu borliqda kechadi. Shu bois, har doim unga onaga koʻrsatilgandek munosabatda boʻlish talab etiladi. Mamlakatimizda atrof-muhit musoffoligini taʼminlash, uning neʼmatlari, er osti va usti boyliklaridan samarali foydalanish qonun bilan kafolatlangan. Ayniqsa, mustaqilik yillarida shu maqsadda koʻplab qonun va meʼyoriy hujjatlar qabul qilinib, ularning ijrosi taʼminlanmoqda. Ayting bunday yurtning tuprogʻini koʻzga toʻtiyo qilmay, tabiatini sevmay boʻladimi? Yerga choʻp suqsang, daraxt unadi. 4,5 ming turdagi yovvoyi oʻsimliklarning barchasi-dorivor giyoh. Ularning 400 xili faqat bizning oʻlkada oʻsishi ham shundan dalolatdir. Bizning asl maqsadimiz jannatmonand, deya taʼriflanadigan oʻlkamiz tabiati,uning hayvonot va nabobot olamini saqlashga jiddiy eʼtibor qaratish deb oʻylayman. Zotan, koʻchat ekib, bogʻ yaratish, shahar krkiga koʻrk qoʻshish, qishloq hayotini obodonlashtirish, ona tabiatimizni asrab-avaylash har birimizning farzandlik, fuqarolik burchimizdir.

Mamlakatimizda ekologik muammolarni yumshatish, bioxilma-xillikni saqlash va qayta tiklashga yoʻnaltirilgan tizimli tadbirlar hayotga izchil tatbiq etilmoqda.  Orol dengizi suvining keskin kamayib ketishi oqibatida yuzaga kelgan ekologik muammolarning atrof-muhitga, oʻsimliklar dunyosi va hayvonot olamiga taʼsiri, turli antropogen taʼsirlar, brakonerlik oqibatida biologik xilma-xillikka yetkazilayotgan ziyon, ayrim turlarning kamayib, yoʻqolib ketayotgani kabi muammolar mavjud.

Qoraqalpogʻistonda uchraydigan koʻpgina baliq, oʻsimlik, qushlar, hayvonlarning kiritilgani ona tabiatimizga yetarlicha gʻamxoʻrlik koʻrsatilmayotganidan darak beradi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida "Saygʻoq” davlat buyurtmaxonasi, "Sudoche” ornitologik davlat buyurtmaxonasi faoliyat koʻrsatmoqda. Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi qonun talablari asosida ushbu buyurtmaxonalar hududi rejimini saqlash, hayvonot va nabotot dunyosini muhofaza qilish boʻyicha davlat nazorati oʻrnatilgan. 

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2005-2012-yillarda BMT Taraqqiyot dasturiga muvofiq Global ekologik jamgʻarmasi ishtirokida Amudaryo deltasida toʻqayzorlarni asrash va muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini mustahkamlash loyihasi amalga oshirildi. Ushbu loyihaga koʻra, umumiy maydoni 68 ming 717 gektar, shundan muhofaza qilinadigan hududi 11 ming 568 gektar boʻlgan "Quyi Amudaryo biosfera rezervati” tashkil etildi. Bu yerda turli hayvonlar, xususan, Buxoro bugʻularini muhofaza qilish, ularning yashashi va koʻpayishi uchun qulay sharoit yaratildi. 
Ustyurt tekisligida saygʻoqlarni muhofaza qilish va ularning yashashi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-iyuldagi "Majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalarini barpo etish va ularning faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq masalalarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida "Saygʻoq” davlat buyurtmaxonasi bazasida besh uchastkani oʻz ichiga olgan 628,3 ming gektar maydon ajratish belgilandi. Bu uchastkalarda saygʻoqlar va boshqa kam uchraydigan hayvonlar yashashi uchun yetarli shart-sharoit – seroʻtloq yaylovlar, suv manbalari yaratilgan.

Qoraqalpogʻiston iqlimi oʻta kontinental, quriq, yozi  issiq, qishi sovuq va kam yogʻingarchiligi bilan xususiyatlanadi. Kontinentalligi katta sutkalik, oylik, mavsumiy va yillik havo darajasining tushib-chiqishi, quriqligi – kam yogʻingarchiligi bilan xususiyatlanadi.

Qoraqalpogʻiston qishi oʻta qahrli. Eng sovuq oy – yanvar, havoning oʻrtacha oylik darajasi - -5.  Ayrim yillarda havo darajasining eng past  koʻrsatkichi – -3dan –32, -35 darajagacha. Qishi kamqorli. Qor qatlami beqaror. Qishning qor qatlamli davri 1dan 44 kungacha. Oʻrtacha qor qalinligi 4-5 sm, baʼzan undan oshadi. Qish davrida havoning nisbiy namligi 61dan 74 foizgacha oraliqda. Yogʻin yil davomida 70-90 mm gacha tushadi va erta bahor va kuz davriga toʻgʻri keladi.

Mamlakatimizning boshqa hududlariga qaraganda Qoraqalpogʻiston Respublikasi tabiati va iqlimi dehqonchilik va ziroatchilik uchun ancha noqulay. Biroq, ilmiy izlanishlar natijasida barcha ekin turlarining tezpishar va hosildor navlari yaratilgani mazkur hududda ham odamlarning dasturxoni toʻkin boʻlishini taʼminlayotir.

(Foto - http://sovminrk.gov.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019