22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 11:01
Jamiyat 👁 2,492

QORAQALPOGʻISTON DIYoRIDAGI MAShHUR MUZEY

QORAQALPOGʻISTON DIYoRIDAGI MAShHUR MUZEY

Qoraqalpogʻiston Respublikasi poytaxti Nukus shahrida faoliyat koʻrsatayotgan I.V.Savitskiy nomidagi davlat sanʼat muzeyi hozirgi kunda eksponatlarining koʻpligi hamda rang-barangligi jihatidan butun jahonga mashhur boʻlgan  muzeylarning birisi hisoblanadi.

I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat sanʼat muzeyi 1966-yilda tashkil topgan, 1984 yildan esa I.V.Savitskiy nomi bilan ataladi.

Endi ushbu muzeyning tashkil topishi haqida ikki ogʻiz soʻz:

Ikkinchi jahon urushi yillarida Moskvadagi Surikov nomidagi rassomchilik institutida taxsil olayotgan kiyevlik Igor Vitalevich Savitskiy oʻsha institut bilan birgalikda Samarqandga koʻchirilgan. U talabalik davridayoq Oʻzbekistonga, uning boy tarixiga qiziqib qoladi. U urushdan keyin oʻz yurtiga qaytib ketgan boʻlsa ham uni bu qiziqish yana Oʻzbekistonga yetaklaydi. U avval Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasida, keyinchalik Oʻzbekiston fanlar akademiyasining Qoraqalpogʻistondagi filialida ishlay boshlaydi.

Qoraqalpoqlarning yoʻqolib ketish arafasida turgan xalq amaliy sanʼatiga qiziqib qolgan Igor Savitskiy uni oʻrganishga, saqlab  qolishga kirishadi. Ovul va elatlarda yurib, juda koʻp tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan  zargarlik, uy-roʻzgʻor buyumlari, milliy liboslarni toʻplaydi.

U shu davr ichida tasviriy sanʼat asarlarini ham koʻplab yigʻishga erishadi. Qoraqalpoq elining tarixiy obidalari, tabiat manzaralari, xalqning turmush tarzini rang tasvir asarlarida muhrlashga harakat qiladi.

1966-yilga kelib u oʻzi toʻplagan narsalari asosida alohida muzey tashkil qilishga erishdi. Keyinchalik u butun diqqat-eʼtiborini ushbu muzeyni rivojlantirishga qaratdi.

Sobiq tuzum davrida adabiyot va sanʼat asosan sotsialistik realizm yoʻnalishida rivojlangan. Boshqa yoʻnalishlar qattiq taʼqib ostiga olingan. Tasviriy sanʼatdagi  avangard yoʻnalishi ham shoʻro mafkurachilarining taʼqibiga uchragan edi.

Savitskiy butun ittifoq boʻylab qilgan safarlari chogʻida "Xalq dushmani” degan yomon otliq boʻlishdan ham qoʻrqmay,  yoʻqolib ketish arafasida turgan shunday yoʻnalishdagi asarlarni koʻplab toʻplashga erishdi. U toʻplagan barcha asarlarni oʻz muzeyiga jamladi.

I.Savitskiy 1984 yilda oʻlimidan sal oldinroq ikki vagon ana shunday sanʼat asarlarini Nukusga, oʻz muzeyiga joʻnatadi. Hozirgi kunda rus avangard rassomlari asarlari soni boʻyicha Savitskiy muzeyi  mashhur Sankt-Peterburg muzeyidan keyin ikkinchi oʻrinda turadi.

I.Savitskiy vafotidan keyin, 1984-yilda bu muzeyga uning nomi beriladi.

Jahonga mashhur boʻlgan mutaxassislar va yirik ommaviy axborot vositalari maʼlumotlariga koʻra, mazkur muzey Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng nodir sanʼat asarlarini oʻzida jamlangan eng mashhur muzeylardan biri hisoblanadi. Buyuk Britaniyaning "Gardian” deb nomlangan mashhur gazetasi bu muzeyga "Jahonning eng ajoyib muzeylaridan biri” deb taʼrif bergan boʻlsa, Albert Gor va Jak Shirak bu muzeyga "jahonning eng yaxshi muzeylaridan biri” deya baho berishgan.

Ayni kunda bu muzeyda 6 ta boʻlim – tasviriy sanʼat boʻlimi, Arxeologiya boʻlimi, Ommaviy-maʼrifiy boʻlim, Xalq amaliy sanʼati boʻlimi, Qayta tiklash boʻlimi, Hisobga olish va saqlash boʻlimlari faoliyat koʻrsatmoqda.

Muzeyning tasviriy sanʼat boʻlimi eng yirik badiiy kashfiyotlar mujassam boʻlgan joy hisoblanadi. Unda Qoraqalpogʻistonning milliy badiiy maktabi faoliyat koʻrsatayapti, desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Muzey fondida 1920-30-yillarda avangard rassomlar yaratgan asarlar toʻplangan. Qoraqalpoq xalq ustalari tomonidan yaratilgan zargarlik, yogʻoch oʻymakorligi, kashtadoʻzlik, toʻqimachilik (ayniqsa, oʻtov jihozlari) va boshqa asarlar amaliy sanʼat boʻlimida jamlangan.

Qadimiy Xorazm sanʼati boʻlimi muzeyning arxeologik guruhlari tomonidan qoʻlga kiritilgan topilmalar hisobiga yanada boyimoqda. Tasviriy sanʼat boʻlimi toʻplami, ayniqsa, serqirra: toʻplamni qoraqalpoq rassomlari (I.Savitskiy, K.Soipov, J. Quttimurodov, D.Toʻraniyozov va b.), Oʻrta Osiyo rassomligining keksa avlodi A.Volkov, M.Qurzin, A.Nikolayev (Usto Moʻmin), N.Karaxan, Oʻ.Tansiqboyev va boshqalarning katta ahamiyatga ega boʻlgan asarlari tashkil etadi. Shuningdek, 1920—30-yillarda faol ijod etgan rus rassomlari A.Shevchenko, R.Falk, V.Muxina, I.Grabar asarlari bilan bir qatorda ijodi deyarli oʻrganilmagan.R.Mazel, K.Redko, A.Safronov va boshqaning asarlari ham qoʻyilgan.

Muzey eksponatlari monografiya (etyud, chizgidan tortib to yetuk asarlar) tartibida toʻplangani bilan ham qimmatlidir. Yana muzeyning oʻziga xosligi eksponatlarning zich joylanishi, ekspozitsiyalarda toʻplamning toʻlaqonli namoyish etilishiga erishilganidadir. Muzeyda sanʼat asarlarini toʻplash, targʻib etish, kataloglar chop etish, koʻrgazmalar tashkil qilish kabi ishlar amalga oshiriladi. Muzey qoshida gilamchilik ustaxonasi ishlab turibdi; «Nukus muzeyining doʻstlari» klubi faoliyat olib boradi, koʻrgazmalar uyushtiradi. Muzey Xalqaro muzeylar qoʻmitasi (IKOM) aʼzosi.

Muzey 1968-69 yillarda Moskvadagi Sharq muzeyida Qoraqalpoq toʻplamini ilk bor namoyish etdi. 1970-yildan respublika va xorijiy mamlakatlar (AQSh, Frantsiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Rossiya va b.)dagi koʻrgazmalarda ishtirok etadi.

Hozirgi paytda I.V.Savitskiy nomidagi qoraqalpoq Davlat sanʼat muzeyi xazinasi 85 mingdan ziyod nodir ekanponatlarni oʻz ichiga oladi. Bu yerda eramizdan avvalgi uchinchi asrdan to hozirgi vaqtgacha boʻlgan davr ichida yaratilgan asarlarni uchratish mumkin.

Bu muzeyga moskvalik rassom I.Savitskiyning saʼy-harakati va u toʻplagan qoraqalpoq Xalq amaliy sanʼati asarlari negizida asos solingan. Bugun rus avangard rassomlari asarlari soni boʻyicha Savitskiy muzeyi mashhur Sankt-Peterburg muzeyidan keyingi ikkinchi oʻrinda turadi.

Muzey eksponatlari asosan Qadimgi Xorazm davri, moddiy va madaniy oʻziga xos tarixi, urf-odatlari va qadriyatlariga ega boʻlgan qoraqalpoqlarning xalq amaliy sanʼati namunalari, shuningdek, oʻzbek, rus, qoraqalpoq rassomlarining sara tasviriy sanʼat asarlarini oʻz ichiga oladi.

Bugungi kunda kishilarning muzey toʻplamlariga eksponatlariga boʻlgan qiziqishlari tobora ortib bormoqda. Shu sababdan ham bu muzeyga har yili 70 mingdan ziyod kishi tashrif buyuradi. Shundan 3000 nafari faqat muzeyni tomosha qilishga kelgan chet ellik sayohatchilar hisoblanishadi. Ushbu muzey orqali oʻlkada turizmni yanada rivojlantirish maqsadida koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Muzey xodimlari tomonidan Qoraqalpogʻistonning tarixiy yodgorliklari mavjud boʻlgan joylariga koʻplab sayohatlar uyushtirilmoqda.

I.V.Savitskiy nomidagi Qoralpogʻiston Davlat sanʼat muzeyi mamlakatimiz mustaqilligi davrida yanada rivojlanib, unda namoyish etilayotgan eksponatlar soni koʻpaytirildi. Ayni kunda bu muzeyga xorijiy davlatlardan kelayotgan sayyohlar soni tobora koʻpayib, ularning Qoraqalpoq va oʻzbek xalqlarining tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan zargarlik, uy-roʻzgʻor buyumlari, milliy liboslari va arxeologik topilmalar koʻrgazmalariga boʻlgan qiziqishlari tobora oshib bormoqda.

Biz butun jahon xalqlarining diqqat-eʼtiborini oʻziga tortayotgan bu muzeyimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz.

Allambergan JUMANIYoZOV,

www.amunews.uz muxbiri.

(Foto - sovminrk.gov.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026