MUSTAQILLIGIMIZ ABADIY, TURMUŞIMIZ OSUDA BÖLSIN!
Men doim öz orzularim haqida öylasam, bexavotir yaşayotgan yurtdoşlarimiz köz öngimda gavdalanadi. Bunday turmuş tarzi hukmron bölişi uçun öz kasbiga sadoqat bilan xizmat qilayotgan içki işlar idoralari xodimlari xizmatlari xayolimga keladi. Ha, ularni osoyiştalik posbonlari, deya ataş juda töğri böladi. Buni men ayni kunlarda, amaliyot ötaş davrimda juda çuqur his qilmoqdaman.
Bu kasbga mehr menda juda erta uyğondi. Orzuim yölida Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Akademiyasiga öqişga kirdim. Hozir şu oliygohni bitiriş arafasidaman.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda içki işlar idoralari tizimida olib borilgan islohotlar tufayli fuqarolarning va jamiyatning tinç-osoyiştaligiga raxna soluvçi har qanday salbiy illatlardan işonçli himoya qila oladigan tizim şakllantirildi. Içki işlar idoralari fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini, xavfsizligini himoya qilişning işonçli garoviga aylandi.
Ana şunday masʼuliyatli va şarafli kasbda mehnat qiliş – mening orzuim. Ota-bobolarimizning jasorati, matonati tufayli farovon turmuş hukm surayotgan elimizga xizmat qiliş har bir yigitning oliy maqsadi, desam adaşmayman.
Mana, yurtimizda 9-may – Xotira va qadrlaş kuni keng nişonlanayapti. Barça yurtdoşlarimizni uşbu bayram bilan qutlab, mustaqilligimiz abadiy, turmuşimiz osuda bölsin, deyman.
Muhriddin Rahimov,
Özbekiston Respublikasi Içki işlar Vazirligi Akademiyasi tinglovçisi.
(Foto: ÖzA)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶