17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 01:04
Qishloq xoʻjaligi 👁 6,833

Amudaryolik “Oltin tulpor” sohibi

Amudaryolik “Oltin tulpor” sohibi

Shunday kasb egalari borki, biz baʼzan ularning faoliyati, fidoyiliklari tufayli jamiyatimiz nechogʻlik manfaat koʻrayotgani, turmushimiz farovonligiga, salomatligimizga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi oqibatlarni bartaraf etishdagi xizmatlari haqida koʻpam bilavermaymiz. Xususan, veterinariya xizmati sohasi xodimlari. Nazarimda, bu soha xodimlarini koʻpchilik xonadoniga tegishli uy hayvonlari kasallanganda eslab qolishadi. Aslida esa veterinariya xizmati xodimlarining jamiyat taraqqiyotiga qoʻshayotgan hissalari beqiyos katta. Shuning uchun ham Oʻzbekiston mustaqillikning ilk yillaridanoq, 1992-yilda Butunjahon hayvonlar sogʻiligini saqlash tashkilotiga aʼzo boʻldi.

Shiddat bilan rivojlanayotgan dunyoda insoniyat jadal yechim talab etadigan bir qancha muammolarni boshidan kechirmoqda. Ulardan biri insonlar bilan hayvonlar oʻzaro munosabatda yashab turgan muhitda  vujudga kelayotgan yuqumli kasalliklarning tarqalishidir. Bunday kasalliklar tufayli koʻplab mamlakatlar iqtisodiy zarar koʻrib, keng aholi qatlamlari hayoti xavf ostida qolayotgani sir emas.

– Mamlakatimizda bunday zararli xavf-xatarning oldini olish maqsadida barcha huquqiy asoslar yaratilgan, – deydi tuman Veterinariya boʻlimiga qarashli 9-sonli Qipchoq hududiy boʻlinmasi zooveterinariya shoxobchasi mudiri Haytimbat aka Bekniyozov. – "Veterinariya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq epizootiyaga qarshi profilaktik tadbirlar olib borilayotgani tufayli mamlakatimizda insonlar va hayvonlar hayoti uchun xavfli yuqumli kasalliklarning kirib kelishi va tarqalishining oldi olinib, barqaror epizootik vaziyat saqlanmoqda.

Haytimbat aka Bekniyozov tumanimiz veterinariya sohasi fidoyilaridan biri. Samarqand qishloq xoʻjalik institutining veterinariya fakultetini tugatib, oʻz ish faoliyatini boshlaganiga 41-yil boʻlgan Haytimbat Bekniyozov 12-yildirki, tuman veterinariya boʻlimiga qarashli 9-sonli Qipchoq hududiy zooveterinariya boʻlinmasiga rahbarlik qilib kelmoqda. Haytimbat Bekniyozov oʻzi rahbarlik qilayotgan hududiy boʻlim tasarrufidagi chorvachilik fermer xoʻjaliklari va xonadonlardagi uy hayvonlarining salomatligini muhofaza qilish borasidagi ishlarni tizimli ravishda tashkil etib, davolashning zamonaviy usullarini amaliyotga tatbiq etish orqali tuman aholisining hurmat va eʼtiborini qozonib kelmoqda. Ayniqsa, uy hayvonlarida uchrashi mumkin boʻlgan "qoraoqsoq”, "oʻt qopi yarasi”, "oqsil”, "qorason”, "brutsellyoz”, "qutirish” kasalliklariga qarshi emlash va profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirishda yuqori natijalarga erishib kelmoqda. Bevosita Haytimbat Bekniyozov rahbarligida uy hayvonlari hayoti uchun xavfli boʻlgan brutsellyoz va silga qarshi yoppasiga hududiy emlash ishlari olib borilishi natijasida Qipchoq ovulida 2015-2016-yillar davomida bunday kasalliklar deyarli uchramadi.

– Uy hayvonlari kasallikka chalinishining oldini olishda ularni sifatli ozuqa bilan taʼminlash muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi Haytimbat aka Bekniyozov. – Bu hayvon-ku, deb  duch kelgan xashakni beraverish yaramaydi.

Shuning uchun ham Haytimbat aka xonadonlardami, chorvachilik fermasidami, qayerda boʻlishidan qatʼiy nazar, aholini  sifatli va xavfsiz chorvachilik mahsulotlari bilan taʼminlash haqida qaygʻuradi. Shu maqsadda 2016 yilda oʻzi rahbarlik qilayotgan boʻlimda salkam 500 tonna chorvachilik ozuqa mahsulotlarini laboratoriya tekshiruvidan oʻtkazdi.

Hududdagi qoramollar, qoʻy-echki va parranda boqiladigan qoʻralarning sanitariya va zootveterinariya holatini birma-bir oʻrganib chiqib, xonadon egalari va fermer xoʻjaliklari chorvadorlariga zarur tavsiyalar beradi.

Hamon oʻqib-izlanishdan, oʻz ustida ishlashdan charchamaydigan Haytimbat aka Bekniyozov har yili amaliy seminarlarda oʻz tajribalarini oshirib borishni aslo kanda qilmaydi. Oʻz tajribalarini yoshlarga oʻrgatishdan hech erinmaydigan bu fidoyi inson tez-tez tumanimizdagi chorvachilikka ihtisoslashtirilgan fermer xoʻjaliklarida yosh veterinarlar uchun seminar-oʻquvlar tashkil etib, amaliyot saboqlarini olib boradi. Uning 10 nafardan ortiq shogirdlari Respublikamizning turli hududlarida veterinariya sohasi rivoji uchun fidoyilik bilan xizmat qilishmoqda.

Har yili aprel oyining oxirgi shanbasida butun dunyo miqyosida Xalqaro Veterinariya kuni keng nishonlanadi. Shu jumladan, mamlakatimizda ham. Toshkent shahrining muhtasham "Turkiston” sanʼat saroyida xalqaro Veterinariya kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Veterinariya sohasi vakillarining anjumani oʻtkazilib, mamlakatimizda bu yil Xalqaro Veterinariya kuni ilk bor keng miqyosda nishonlandi va veterinariya sohasi fidoyilari ishtirokida "Oltin tulpor” koʻrik-tanlovi ham tashkil etildi.

Ushbu koʻrik-tanlovda tumanimiz, qolaversa, Qoraqalpogʻiston Respublikasi nomidan ishtirok etgan Haytimbat Bekniyozovning veterinariya sohasini rivojlantirishdagi xizmatlari yuksak baholanib, koʻrik-tanlovning "Oltin tulpor” mukofoti bilan taqdirlandi.

– Gʻolib boʻlaman, degan oʻy xayolimda ham yoʻq edi, – hayajonli lahzalarni mamnuniyat bilan eslaydi Haytimbat aka. – Chunki koʻrik-tanlov hayʼati juda nufuzli olimlar, davlat va jamoat arboblaridan iborat edi-da. Shunday bilimdon insonlar nazariga ilinganimdan juda xursand boʻldim.

Oʻz kasbining fidoyisi, tinib-tinchimas inson Haytimbat aka Bekniyozov amalga oshirayotgan ishlar salmogʻi katta, miqyosi juda keng. Biz uning faoliyatidan ayrim lavhalarnigina keltirdik, xolos. Uning obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, yurtimizni bogʻ-rogʻlarga burkash borasidagi, talabchan ustoz va oila boshligʻi sifatidagi hayot chizgilari rang-barang va havasga munosib. Eng muhimi, Haytimbat aka Bekniyozov oʻzining kamtarligi, odamiyligi, jonkuyarligi bilan tumanimiz xalqi orasida hurmat-eʼtibor topgan, elim, yurtim, degan oddiy va fidoyi insonlardan biri.

Robiya YOʻLDOShEVA.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026