Jamiyat
👁 2,258
JASORAT UNUTILMAYDI
Qipchoq ovulida istiqomat qiluvchi Oʻtamurod bobo Bozorboyev Ikkinchi jahon urushida erishilgan buyuk gʻalabaga munosib hissa qoʻshganlarning biri.
U 1943-yilning mart oyida sobiq Qipchoq tumani harbiy komissariatidan koʻngillilar qatorida frontga joʻnadi. 1-Ukraina fronti tarkibida 1943-yil oxirigacha ayovsiz janglarda qatnashdi. 1944-yilning boshida ogʻir yaralanib, sogʻligi biroz tiklangach, tugʻilgan qishlogʻiga qaytdi.
Otaxon hozir hukumatimizning, yurtdoshlarimizning urush faxriylariga koʻrsatayotgan gʻamxoʻrliklaridan, eʼzozidan minnatdor boʻlib yashamoqda.
Suratda: sobiq jangchi Oʻtamurod bobo Bozorboyev (oʻngda) «Nuroniy» jamgʻarmasi tuman boʻlimi raisi Bekman Ollamberganov bilan.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶