KÖZIM QAROĞIDASAN, VATAN!
Bu yil Özbekiston mustaqilligiga 26-yil töladi. Şu qisqagina vaqt içida olam-olam özgarişlar röy berdi, qançadan-qança yuksalişlar böldi. Bu yuksalişlar heç şubhasiz, mamlakatimizning Birinçi Prezidenti I.A.Karimov nomi bilan boğliq. Bu inson har bir öğil-qiz uçun qayğurdi, boşini siladi, heç bir mamlakat farzandlaridan kam qilmadi. Mustaqillik farzandlariga, taʼlim jarayoniga katta eʼtibor qaratib, 12 yillik taʼlimni joriy etdi. Har yili ötkaziladigan anjumanlar, festivallar, ilmiy-maʼrifiy konferentsiyalar bilimimizni oşirib, tafakkurimizni kengaytirayotgani, bundan taşqari, yurtimizda sportga katta eʼtibor qaratilayotgani havasga loyiq.
Birgina 2016 yilda Braziliyaning Rio-de-Janeyro şahrida ötkazilgan XXXI yozgi olimpiada öyinlarida yurtimiz sportçilari erişgan yutuqlar yoşlarga ğamxörlikning amaliy isboti böldi.
Mamlakatimiz sportçilari ğalaba qilgan paytda, bayroğimiz eng yuqoriga kötarilganda, madhiyamiz baralla yangraganda har bir özbekistonlikning yuragini kuçli hayajon va quvonç egalladi. Bular nafaqat sportçi-yoşlarimizning, balki butun özbekistonliklarning yutuğidir.
Hayotda, mehnatda, sport-u sanʼatda, ijodda alohida qobiliyatli qizlar uçun Zulfiya nomidagi davlat mukofoti taʼsis etilişining özi eng oliy siylovdir. Çunki bunday mukofot heç bir mamlakat qizlari uçun joriy etilmagan.
Faqat bayramlar, tantanali kunlar, tö-yu bazmlar qilib, davron surayotgan xalqimizga heç qaçon köz tegmasin!
Alloh bizga boğ desa, boği bor, toğ desa, toği bor, qirlarida bahor şivirlaydigan, sahar çoği bulbullar madhini öqib ado qilolmaydigan bir yurtni Vatan qilib bergan ekan, ming-ming şukrona bilan yaşamoğimiz kerak.
Hayotda şunday yaşaylikki, ota-onamiz bizdan faxrlansin, bizni tarbiyalab, voyaga yetkazgani uçun rozi bölsin!
Azizlar, Vatan bizga nima berdi, deb emas, balki biz ona Özbekistonimizga nima berdik, deb yonib yaşaylik.
Men endigina maktabga ilk qadamimni qöyganimda, endigina Vatan muhabbatini his etganimda bir narsaga amin böldimki, mening Vatanimday mehribon yurt heç qayerda yöq! Men baxtli yurtning baxtiyor farzandiman.
Inobat ODILBOYeVA, Manğit Iqtisodiyot kolleji öquvçisi.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶