FUQAROLAR MUROJAATI DOIM EʼTIBORDA
Asosiy Qonunimiz – Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35-moddasida har bir şaxs bevosita özi va boşqalar bilan birga vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va şikoyat bilan murojaat qilişi mumkinligi belgilab qöyilgan.
"Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunida ham jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari oğzaki, yozma yoki elektron şaklda bölişidan qatʼiy nazar, qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda körib çiqilişi va natijasi haqida murojaat egasiga yozma ravişda javob berilişi şartligi belgilab qöyilgan.
Qoraqalpoğiston Respublikasi prokuraturasi tomonidan uşbu Qonun ijrosini taʼminlaş borasida davlat boşqaruvi organlari va ularning quyi tizimlari, nazorat-tekşiruv va huquqni muhofaza qiliş organlarida hamda mahalliy hokimliklar, özini-özi boşqariş organlarida jismoniy va yuridik şaxslar vakillarining qabuli taşkil etilişi ahvoli, kelib tuşgan murojaatlarning öz vaqtida körib çiqilişi muntazam ravişda örganilib borilmoqda. Şuningdek, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini himoya qiliş hamda qonun ustuvorligini taʼminlaş çoralari körilib, bu borada amalga oşirilayotgan işlar samaradorligini oşiriş işlari jadal surʼatlarda olib borilmoqda.
Xulosa örnida aytiş mumkinki, har doim jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlariga jiddiy eʼtibor berilib, qonuniy körib çiqilsa, ularning murojaatlari qanoatlantirilsa, fuqarolarimizda davlat organlariga işonç, jamiyatda yuz berayotgan özgarişlar, joylarda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarga daxldorlik hissi yanada köçayadi.
N.ÖRINBAYeV, Qoraqalpoğiston Respublikasi prokurorining katta yordamçisi.
(Foto - http://huquqburch.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶