MEHR-OQIBAT TANTANASI
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan bir qator jamoat tashkilotlari ishtirokida mamlakatimiz hududida 620 juft kelin-kuyovning nikoh toʻylari va 3280 nafar bolaning sunnat toʻylari oʻtkazib berilayotganligi barcha yurtdoshlarimizni quvontirib yubordi.
Shu munosabat bilan Mangʻit shahridagi "Bek” toʻyxonasida oʻtkazilayotgan qoʻshaloq toʻylar davrasiga odam sigʻmaydi. Hammaning yuzlarida quvonch, qalblarida muhtaram Prezidentimizga cheksiz hurmat va ehtirom.
– Mahallamiz oqsoqoli uyimizga kelib, bizning farzandimizning sunnat toʻyi oʻtkazib berilishini aytganida, toʻgʻrisi, koʻzimga yosh keldi. Men kabi bir oddiy insonning farzandi uchun gʻamxoʻrlik qilayotgan jamiyatimizdan cheksiz minnatdorman, – deydi toʻy bola Doniyorning buvisi, Mangʻit shahrining Beruniy nomli mahallasida yashovchi Jumagul Xudoybergenova biz bilan suhbatda.
– Men Jumurtov shaharchasidanman, – deydi yana bir suhbatdoshimiz Amina Jumaniyozova. – Bugun mana shu toʻyxonada 12 juft kelin-kuyovning, 21 nafar bolajonlarning toʻylari oʻtkazib berilayapti. Shu yerdagi toʻy bolalar orasida mening nevaram Dilshod ham bor. Men hozir qattiq hayajondaman. Quvonchim cheksiz. Bolalarimizga toʻy kiyimlari ham berilib, ularning har birining nomiga 1 million soʻmlik omonat daftarchasi ochilgani jamoat tashkilotlarining bolalarimizga, yurtimizning ertangi kuni egalariga koʻrsatayotgan gʻamxoʻrligi ifodasidir.
Bugungi toʻy bizning va bolalarimizning hayotimizda unutilmas voqea boʻlib qoladi.
Toʻyxonada shod-u xurramlik, samimiy tabriklar va tilaklar, dil soʻzlari kun boʻyi davom etdi. Ushbu toʻy sababchilari boʻlmish kelin va kuyov, toʻy bolalarning ham, toʻyda ishtirok etgan barcha kishilarning ham koʻngillarida, yuz-koʻzlarida va soʻzlarida bu tadbirdan mamnunlik alomatlari aks etib turdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶