15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 12:07
Jamiyat 👁 4,314

KITOBGA SODIQ YoShLAR

KITOBGA SODIQ YoShLAR

XXI asrga kelib kompyuter texnologiyalari butun jahonni zabt  etdi. Hayotimizga kirib kelgan bu olamshumul yangilik tufayli yangi asrimiz "Kompyuter asri” deb atala  boshlandi.

Yashiradigan joyi yoʻq, bu yangilik  maʼlum darajada "Kitobxonlik” deb atalmish udumlarimizga oʻz soyasini soldi.

Yoshlarning internet dunyosiga kirib, kitob oʻqishdan tobora uzoqlashib borayotganidan tashvishga tushgan yurtdoshlarimiz matbuot va ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar qilib, farzandlarimizni globallashuv davri chalkashliklaridan xalos qilib, ularni yana kitob dunyosiga  qaytirishga harakat qilmoqdalar.

Biz jurnalistlar ham bu  tashvishdan yiroq emasmiz. Shu boisdan ham "Taraqqiyot koʻzgusi” va "Mening oilam” gazetalari, amunews.uz  veb-sayti, "Jayxun sadosi” internet-radiosi tahririyatlari hamda "Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan oʻtkazilayotgan  tadbirlarda albatta, yoshlarning kitob mutolaasi bilan nechogʻlik band ekanliklari bilan qiziqdik.

Bizning "Badiiy kitob oʻqiysizmi?” deya bergan savolimizga ularning koʻpchiligi "Ha!” – deya dadil javob berishdi va oʻqigan kitoblarini nomma-nom aytib berishga harakat qildilar.

Fikrimizning isboti sifatida tahririyatimizga tashrif buyurgan yoshlarning bu boradagi fikrlarini eʼtiboringizga havola qilamiz:

Azizaxon MALIKOVA,

Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji oʻquvchisi:

– Kitob bizga bilmaganlarimizni oʻrgatadi, saboq beradi, shu bilan birga bizga sodiq doʻst boʻladi.

Kitob oʻqish maʼnaviyatni boyitadi. Insonlar kitobni sevib, koʻp asrlardan buyon mutolaa qilib kelishadi. Lekin atrofimizga nazar solsak, hozirgi kunda kitobga eʼtibor kamayib borayotgandek. Nega shunday? Nima uchun odamlar kitobdan zerikayapti? Kitob oʻqish uchun vaqt ajratmayapti? Nima uchun vaqtini bekorchi narsalarga sarflayapti?

Biz buni chuqur oʻylab qaraydigan boʻlsak, dunyoni qamrab olgan internet, kompyuter asri bunga asosiy sabab boʻlmoqda. Toʻgʻri, rivojlanish kompyuter, internetdan keng foydalanish, dunyo bilan axborot almashish tufayli yuzaga keladi. Bu albatta ogʻirimizni yengil qiladi, yaxshi, tez va samarali natijalar beradi. Lekin  bularni oʻylab kitobdan voz kechish mutlaqo notoʻgʻri! Kitobni elektron tarzda ham oʻqish mumkin. Lekin bu haqiqiy kitobnikichalik zavq bera olmaydi.

Aziza OʻROZBOYeVA, 32-sonli maktab oʻquvchisi, "Orasta qizlar” toʻgaragi aʼzosi:

– "Kitob – bilim bulogʻi”, deb bejizga aytishmagan dono xalqimiz. Ha, albatta, kitob – bizning eng yaqin doʻstimizdir. Biz undan ilm olamiz, tarbiya olamiz. Ezgulikni, milliy qadriyatlarni, Vatanga muhabbatni, ota-onaga hurmatni, fidoyilikni, halollikni oʻrganamiz. Biz kitob oʻqiganda mutolaa madaniyatiga ham alohida eʼtibor qaratishimiz lozim. Yaʼni, oʻzimizning yoshimizga mos boʻlgan, nurli kelajakka chorlaydigan, maqsadlarimizga "qanot” beradigan kitoblarni saralab olib oʻqishimiz kerak. Badiiy kitoblarni qanchalik koʻp oʻqisak, bizning fikrlash qobiliyatimiz, dunyoqarashimiz shunchalik boy boʻladi.

Alisher Navoiy, Fargʻoniy, Beruniy, Ibn Sino, Ulugʻbek kabi bobolarimiz biz avlodlarga juda katta maʼnaviy meros qoldirib ketishgan. Ajdodlarimiz merosini nafaqat oʻzbek xalqi, balki dunyo boʻylab barcha xalqlar sevib mutolaa qiladi, qadrlaydi. Biz ham ana shunday ajdodlarimiz kabi maʼnaviy boy, yurtimizni dunyoga tanitadigan haqiqiy yurt farzandi boʻlishimiz kerak. Biz mutolaa madaniyatiga eʼtibor qaratgan holda, iloji boricha koʻproq kitoblar oʻqishimiz va albatta, uyimizda kichkina kutubxona tashkil etishimiz kerak. Buyuk ajdodlarimiz merosi joy olgan kutubxonamiz yillar oʻtsa ham oʻz qadrini yoʻqotmaydi. Mana shu kitoblardan olgan bilim va koʻnikmalarimiz evaziga kelajakda Vatanimizga nafimiz tegadigan bir komil inson boʻlib etishishimiz shart. Chunki Vatanimiz kelajagi biz yoshlarning qoʻlimizdadir.

Yorqinoy KENJABOYeVA, 11-sonli maktab oʻquvchisi:

– Opam yettinchi sinfda, men uchinchi sinfda taʼlim olamiz. Opam ikkalamiz maktab kutubxonasidagi yoshimizga mos kitob, jurnallarni deyarli oʻqib chiqdik. Uyda ham kichik kutubxonamiz bor. Kitob javonida badiiy asarlar, ertak kitoblar, gazeta-jurnallar va boshqa kitoblar ancha. Ota-onamiz sovgʻa tariqasida ertak kitob va bolalarga oid kitoblar olib kelib berganlar.

– Har bir oʻqigan kitob uchun mukofot bor, – dedi bir kuni onam. Onamning  gapini dadam ham maʼqulladi.

– Koʻp oʻqisalaring kelajagingiz porloq boʻladi, – dedilar.

Opam kitob javonidan "El desa Navoiyni” – hazrat Mir Alisher Navoiy haqidagi rivoyatlar kitobini tanladi. Men esa  kitob javoniga koʻz yugurtirgancha ancha vaqt kitob tanlay olmay turib qoldim. Maqsadim – kichik hajmdagi kitob tanlab, tez oʻqib, mukofotni qoʻlga kiritish edi-da. S.Bekchanova, N.Allambergenovalarning "Adabiyot darslarida matnni sharhlash” kitobini tanladim. Kitobni shunday ochsam, "Alloh yaxshi niyatlaringizni ijobat qilsin! Muallif” degan dastxat bilan onamga sovgʻa qilingan kitob ekan. Qiziqib qoldim. Bu kitob adabiyot  fani oldiga qoʻyilgan vazifalar haqida ekan. Kichik hikoyalar, maqollar, sheʼrlar aytib, oʻquvchilarni adabiyot faniga qiziqtirish kabi vazifalar toʻgʻrisida ekan. Biz onam ishdan kelgach, oʻqiganlarimizni gapirib berdik. Ular qoldirib ketgan joylarimizni toʻldirib, rosa maqtab, erkalab qoʻydilar. Dadam ishdan kelgach, biz haqimizda xursand boʻlib gapirib berdilar. Biz ham sevindik. Biz dadamdan kitob doʻkonidan badiiy asarlar olib berishini soʻradik. Ular kitob doʻkoniga oʻzlarimizni olib borishga vaʼda berdilar. Bizlar har birimiz oʻz  kitob javonimizni tashkil qilishni oʻylab qoʻydik.

Robiya YOʻLDOShEVA yozib oldi.

(Foto - http://www.uza.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019