Jamiyat
👁 2,406
“Amu yulduzlari” jamoasi gʻolib boʻldi
9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida "Kamalak bilimdonlari” koʻrik-tanlovining shahar bosqichi oʻtkazildi.
Unda "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati homiyligidagi "Kamalak” bolalar tashkilotining 10 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan eng faol va bilimdon aʼzolari bellashdilar.
Bellashuvda ishtirokchilar tanishuv, sahna koʻrinishi, savol-javob, ijtimoiy loyiha shartlari boʻyicha bilimlarini namoyish etishdi.
Natijaga koʻra 36-sonli maktabning "Amu yulduzlari” jamoasi tanlov gʻolibi deb topildi. 16-sonli maktabning "Kamalak zukkolari” va 40-sonli maktabning "Kamalak bilimdonlari” jamoalari ikkinchi, 31-sonli maktabning "Amir Temur” jamoasi 3-oʻringa sazovor boʻldilar.
Sadoqat Nurimbetova, 36-sonli maktabning bolalar yetakchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶