HAR BIR MUROJAAT ORTIDA INSON TAQDIRI BOR
Mamlakatimizda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashish borasida muhim huquqiy asoslar yaratilgan. Chunki murojaat, u qanday mavzuda yoki qay shaklda boʻlishidan qatʼiy nazar, uning ortida inson bor, inson manfaati, haq-huquqi bor. Shu bois, yurtimizda fuqarolarning murojaatlari bilan bogʻliq barcha masalalar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi meʼyorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solib kelinmoqda.
Bosh Qomucimizning 35-moddasiga koʻra: "har bir shaxs oʻzi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega. Arizalar, takliflar va shikoyatlar Qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda koʻrib chiqilishi shart”.
Konstitutsiyamizning 44-moddasida esa "har bir shaxsga oʻz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining gʻayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish” huquqi kafolatlangan.
2014-yil 4-dekabrda matbuotda eʼlon qilingan "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ham fuqarolarning davlat organlariga murojaat qilishi tartibini yanada takomillashtirdi.
Oʻtgan yili Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashish borasida mamlakatimizda yana bir muhim qadam qoʻyildi. Bu – Oʻzbekiston hukumati portalida tashkil etilgan mamlakatimiz Prezidentining Virtual qobulxonasi (pm.gov.uz) orqali murojaatlarni elektron shaklda qabul qilish tartibidir.
Mamlakatimizda 2017-yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb eʼlon qilinishi munosabati bilan barcha darajadagi davlat organlari faoliyatida "Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, – degan tamoyilni amalda qaror toptirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabr kungi "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga koʻra belgilangan joylarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi tashkil etildi.
Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonaga kelib tushayotgan murojaatlar "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qatʼiy amal qilgan holda toʻliq, xolis va oʻz vaqtida koʻrib chiqilayotgani mamlakatimizda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashish borasida yangi tizim yaratilganidan, qolaversa, har bir murojaat ortida inson taqdiri borligi va mustaqil davlatimizda insonlar taqdiriga hurmat oliy qadriyat ekanligidan dalolatdir.
Otabek YeShChANOV, Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji direktorining maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari.
(Foto - http://huquqburch.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶