FUQAROLARNING ÖZINI ÖZI BOŞQARIŞ ORGANLARI XALQNING ÇINAKAM MASLAKDOŞI VA KÖMAKDOŞIGA AYLANMOQDA
Muhtaram Prezidentimiz Şavkat Miromonoviç Mirziyoyevning 2017-yil 3-fevraldagi "Mahalla institutini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PF-4944-sonli Farmoni bilan fuqarolar özini özi boşqariş organlarining mahalliy ahamiyatga molik masalalarni samarali hal qilişdagi rolini yanada oşiriş, fuqarolar yiğinlarining muştarak manfaatlarini ifoda etadigan uyuşmaga birlaşiş huquqini röyobga çiqariş, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş hamda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan özaro hamkorligini yanada rivojlantirişga qaratilgan taşkiliy-huquqiy çora-tadbirlar belgilab berildi.
Unga köra, Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça Respublika kengaşiga yuridik şaxs maqomi berilib, fuqarolar yiğinlarining uyuşmasi şaklida qayta taşkil etiş, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Boş vaziri, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisi, viloyatlar va Toşkent şahar, tumanlar va şaharlar hokimlariga tegişinça Respublika Kengaşi, hududiy Kengaşlarga jamoatçilik asosida raislik qiliş vazifasini yuklaş belgilandi. Joriy yilning 23-mart kuni Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça tuman Kengaşining taşkiliy yiğilişi bölib ötdi. Yiğilişda Kengaş raisi, raisning birinçi örinbosari, raisning yoşlar işlari böyiça, diniy-maʼrifiy masalalar hamda keksalar va faxriylar işlari böyiça örinbosarlari tasdiqlandilar.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi "Özbekiston faxriylarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş "Nuroniy” jamğarmasi faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PF-4906-sonli Farmonining 12-bandida fuqarolarning özini özi boşqariş organlarida jamoatçilik asosida faoliyat yuritadigan fuqarolar yiğini raisining örinbosari – keksalar va faxriylar işlari böyiça maslahatçi lavozimini joriy qiliş nazarda tutilgan.
Şuningdek, 2017-yil 3 fevraldagi "Mahalla institutini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PF 4944-sonli Farmonning 2-bandida fuqarolarning özini özi boşqariş organlarida jamoatçilik asosida faoliyat yuritadigan fuqarolar yiğini raisining örinbosari – yoşlar masalalari böyiça maslahatçi lavozimini kiritiş belgilangan.
Yuqoridagilarga muvofiq tumanimizdagi 47 ta ovul va mahalla fuqarolar yiğinlarida vakillar yiğilişlari ötkazilib, şu yilning 29-30-mart kunlari jamoatçilik asosida faoliyat yurituvçi fuqarolar yiğini raisining örinbosari, keksalar va faxriylar işlari böyiça maslahatçi hamda yiğin raisining örinbosari – yoşlar masalalari böyiça maslahatçilari saylovi bölib ötdi.
Demokratik tamoyillar, oşkoralik va oçiqlik ruhida ötgan saylovlarda xalq vakillari el-yurt içida obrö-eʼtiborli, bugungi davr siyosiy jarayonlarining, turmuşimizda röy berayotgan özgariş va yangilanişlarning mazmun-mohiyatini çuqur tuşunadigan nomzodlarni sayladilar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶