22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 16:43
Jamiyat 👁 6,358

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

NAVROʻZ KELIB...

Qisqa kunlar boʻldi uzun,

Koʻk maysalar yerga husn,

Hamma hursand, shodon bugun,

Navroʻz kelib, Navroʻz kelib.

 

Pishmoqdadir sumalaklar,

Qizlar taqdi tolbargaklar,

Koʻkda uchar gʻoz, oʻrdaklar,

Navroʻz kelib, Navroʻz kelib.

 

Sovuq endi bizdan qochar,

Dehqon yerga urugʻ sochar,

Bogʻ-u rogʻlar chiroy ochar,

Navroʻz kelib, Navroʻz kelib.

 

Yurtimizda toʻy-tantana,

Oʻynaydirmiz yana-yana,

Tomosha zoʻr, koʻring mana,

Navroʻz kelib, Navroʻz kelib!

Saʼdulla Xoʻjaniyozov.

Xush kelding

Baliq dumi qoʻy burniga duch keldi,

Bahor boshi – qutlugʻ Hamal burj keldi.

Yerga, koʻkka haroratu kuch keldi,

Xush kelding-a, Navroʻzim- a, xush kelding!

 

Koʻmmoqchi boʻlganlar ketdi koʻmilib,

Sinmay oʻtding toʻfonlardan egilib.

Xurofotdan maʼrifatga evrilib

Xush kelding-a, Navroʻzim- a, xush kelding!

 

Jonga yaqin elning qadim bayrami,

Sumalak, koʻk boʻrak, patirning taʼmi,

Istiqlol – ming istiqbolning qadami,

Xush kelding-a, Navroʻzim- a, xush kelding!

 

Unutilmas qishki shirin ertaklar,

Gul, mevaga jahd qilmoqda kurtaklar,

Shod kezinar pirlar, yoshlar, goʻdaklar

Xush kelding-a, Navroʻzim- a, xush kelding!

 

Tilagimiz – tinchlik butun dunyoga!

Olam toʻlsin joʻshqin qoʻshiq, navoga,

Shon-shavkatga, omonlikka, ziyoga,

Xush kelding-a, Navroʻzim- a, xush kelding!

Tursunboy ABDULLAYeV.

 

GOʻZALLIK KELTIRGAN  KUNLAR

Benazir goʻzallik keltirgan kunlar

Taftidan tarovat topadi gullar.

Jonlarga jonlangan nurlar beradi,

Qonlarga uygʻongan kuchlar kiradi.

 

Nihollar oʻsadi yellarda oʻynab,

Bir kuni barq urar barglar kuylab!

Aftidan, rassomdek tabiat tagʻin

Turfarang ayladi togʻlar etagin.

 

Yaylovni yangilab, bezab tashladi,

Dashtlarga kashtalar tikib tashladi,

Beqiyos boy chiroy baxsh etgan faslim,

Tuhfadan mamnun va minnatdor naslim.

 

Aslimga qaytargan vasling – yaxshilik,

Bastimga – qaddimga tushgan asllik.

Samoda havolab uchgan qushlar ham...

Bunchalik zoʻr boʻlmas totli tushlar ham!

 

Bahorim, diyorim dostonidasan,

Orzusi yogʻduli osmonidasan.

Qonimda qoʻshiq boʻl, qoʻshayin kuyga,

Jaranglab kirib bor har bitta uyga!

Jumaboy Hidoyatov.

 

Muqaddas soʻz kelayotir

Mavsumlari ming xil rangda, ming xil jilva,

Oro bilan yurtga Navroʻz kelayotir.

Kelsa, faqat quchogʻida barakasi –

Elga shoh yil, elga shohroʻz kelayotir.

 

Turnalarning qanotida salomlari,

Falaklarda men kutgan iz kelayotir.

Boʻlsa faqat yuragida andishasi –

Elim kutgan muqaddas soʻz kelayotir.

 

Qadriyatlar bezavoldir bu oʻlkada,

Beshiklarga ohang, kuylar kelayotir.

Qirq kokili belin quchgan sanamlarga,

Sadoqatdan qoʻshiq, toʻylar kelayotir.

 

Bogʻlarimni bahor siylab gullar bilan,

Dimogʻimga ifor – boʻylar kelayotir.

Demang meni, sogʻinch tuygan bitta shoir,

Yuragimga shirin oʻylar kelayotir.

 

Zebolanib yurtga Navroʻz kelayotir.

Elga shoh yil,  elga shohroʻz kelayotir.

Guloyim BEGJANOVA,

11-sonli maktab oʻqituvchisi.

 

Bahor

Keldi bahor chiroyin ochib,

Dalalarga yashil rang sochib.

Quyosh nuri bogʻ-rogʻlarimni,

Shalolalar yuvdi togʻlarni.

 

Oʻrik, olma, olcha, behilar,

Chaman-chaman boʻlib gulladi.

Qaldirgʻoch-u chugʻurchuqlar,

Samolarda shodon sayradi.

 

Bosh koʻtardi qarang, maysalar,

«Shukur», – deydi koʻrib keksalar.

Muncha goʻzal yurtim bahori,

Har goʻshada shodlik ifori.

Goʻzaloy NURIMBETOVA,

56-maktab oʻquvchisi.

Quvonchim

Osmonlarda kamalak,

Qozonlarda sumalak.

Quvonchlarim bir jahon,

Elga Navroʻz muborak!

 

Navroʻz – Vatanning naqshi,

Kuylar hofiz-u baxshi.

Varraklarning ketidan,

Yugurmoq qanday yaxshi.

 

Varragim uch, uchaver,

Yuksaklarni quchaver.

Samolarning bagʻridan,

Dilga quvonch sochaver.

 

Navroʻz bilan qoʻllashib,

Mehnat bilan doʻstlashib.

Istiqbolni quchamiz,

Bahordayin gullashib.

Umida Abdullayeva, Amudaryo akademik litseyi oʻquvchisi.

 

NAVROʻZ

Sumalakni qozonlarda qaynatib,

Sozlar chalib, qiz-yigitni oʻynatib.

El-u yurtning koʻngillarin yayratib

Xush kelding bahorim, xush kelding, Navroʻz!

Ana qarang, soz qoʻlida, kuy kuylar,

Jam boʻlishib, ahli elim jam oʻynar.

Har goʻshada xalqim xursand toʻy toʻylar,

Xush kelding bahorim, xush  kelding Navroʻz!

Dehqon bobo dalasiga sochayotir don,

Har uyning toʻrida ochiq dasturxon.

Tandirlarda toʻlib yopiladi non,

Rizq-u roʻzga poydor, kelding gul Navroʻz!

Aydos Ibodullayev.

 

 Bahorni sogʻinib

Qiynar meni tinmasdan,

Bedor tun, bekor tunlar.

Sogʻinaman bahorni,

Oʻtsaydi tezroq kunlar,

Bahor kelsaydi tezroq,

Bahor, kelgin yaqinroq.

Boychechaklar armonda,

Sendan hali darak yoʻq.

Sumalaklar qozonda,

Sensiz qalbda quvonch yoʻq.

Seni sogʻindim koʻproq,

Bahor, kelgin yaqinroq.

Yurakda kulgan chechak –

Bahor, sen menga kerak.

Koʻzimdagi quvonchim.

Sen bilan orzu, tilak,

Yomgʻiring dilga mador,

Hidlaring ham betakror.

Kelding, barcha shod kuldi,

Koʻngillar obod boʻldi.

Kamalakning jilosi

Sheʼrimga qanot boʻldi.

Bahor, aytar gapim bor,

Seni sogʻindi Dildor.

Dildora RAJABOVA.

 

YaNA IZLAB  KELIBSAN,  BAHOR

Sogʻingandim men seni koʻpdan,

Seni izlab kezdim har nahor.

Koʻp izladim togʻ-u qirlardan,

Bugun yana birgamiz, bahor.

Xush kelibsan, gul fasli – koʻklam,

Yasharibdi tabiat ming bor.

Ogʻushingda gul ochar oʻlkam,

Yashillanib kelibsan, bahor.

Irmoqlarda ishqning dostoni,

Chechaklarga burkar har yonni.

Men sevgan gul – Oʻzbekistonni,

Yana topib kelibsan, bahor.

Chinoroy OʻRINBOYeVA.

Sumalak

Doshqozonda sumalagim qaynaydi,

Atrofida onajonlar oʻynaydi.

Bolajonlar quvonishib, shod boʻlib,

To tonggacha kuy-qoʻshiqlar yangraydi.

Sumalak saylida aytilgan tilak,

Oʻng kelib, albatta baxtlar kulajak.

Ezgu niyatlardan tozargan dillar,

Orzu manziliga albat yetajak!

Jamila YaNGIBOYeVA.

Betakror goʻsham

Bugungacha osmonni quchib yashadim,

Koʻklarga, samoga uchib yashadim.

Mayli, deb baridan kechib yashadim,

Seningdek makonni koʻrmadim hech ham,

Gullarga burkangan betakror goʻsham.

Suvingni quvonchdan zavqlanib ichib,

Har tong faxr ila qadamim ildam,

Turli manzillarga kun ora koʻchib,

Seningdek makonni koʻrmadim hech ham,

Gullarga burkangan betakror goʻsham!

Nilufar OTAJONOVA, Amudaryo akademik litseyi oʻquvchisi.

 

Bahor keldi yurtimga

Barcha quvnoq, shod-xurram,

Shundayin goʻzal oʻlkam.

Jonlanar saxiy koʻklam,

Bahor keldi yurtimga!

 

Bobo dehqon ish boshlar,

Yangi kunni olqishlar.

Har kuni toʻy-u hashar,

Bahor keldi yurtimga!

 

Mehnat fasli boshlanar,

Yerga urugʻ tashlanar.

Keksalar ham yosharar,

Bahor keldi yurtimga!

Iroda YeRDOShEVA,

38-sonli maktab oʻquvchisi.

Yangi kun

Navroʻz keldi yurtimga,

Boychechaklar ochildi.

Qushlar sayrashni boshlab,

Quyosh nuri sochildi.

 

Navroʻz keldi yurtimga,

Shodon kutib olaylik.

Sumalaklar pishirib,

Yangi kunni boshlaylik!

Shahlo QUROLOVA,

62-maktab oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026