KÖÇAT EKIŞDA HIKMAT KÖP
Dunyoda turfa millatlar, elatlar köp. Lekin hamma el-u elatlar, millatlar uçun Alloh tomonidan bekam-u köst tabiiy şaroit yaratilmagan.
Men juda köp ellarni kördim. Zaminida bir tup daraxt ösmaydigan xalqlarning ham özlari tuğilib-ösgan zaminga çeksiz mehr-muhabbat qöyib yaşayotganlariga guvoh bölganman. Şular haqida öylaganimda jannatmakon yurtimizning har bir qariç yerini közlarga tötiyo qiliş, har bir giyohi, har tup daraxtini jon qadar asraş ham iymondan, degim keladi. Farzandlarim, nevaralarim bilan har yili ikki marta – kuzda va bahorda ariq va yöl böylariga, boğ-roğlarimizga turfa daraxt va gul köçatlarini ekamiz. Aslida köçat ekiş – bobomeros qadriyatlardan. Ota-bobolarimiz oilada yangi farzand dunyoga kelganida, farzandlar, oila aʼzolari muçal yoşlariga yetganlarida mevali daraxt köçatlari ekişgan. Bu udumda olamjahon hikmat, ramziy maʼno bor: yangi tuğilgan gödak oila şajarasiga mustahkam ildiz otsin, mevalari köp daraxtday özidan köpaysin, degan maʼnoda çaqaloqqa atab köçat ekiladi. Bir muçal yoşiga yetgan bola uçun 12 ta, ikki muçal yoşini töldirganda 24 ta köçat ekilgan. Bu holat insonning tabiat bilan uyğunligini, bunday uyğunlik oilaga tökin-soçinlik baxş etişini bildiradi. Qolaversa, atrofimizda dov-daraxtlar qançalik köp bölsa, yaşil olam tarovatidan köngillar yayraydi, hayotimiz fayzli, turmuşimiz farovon böladi.
Men köpni körgan keksa avlod vakili sifatida judayam şukr qilamanki, bizning yurtimizday jannatmakon zamin yer yuzida juda kam. Borlari ham Özbekiston tabiati kabi fusunkor emasday, nazarimda. Şuning uçun ham aziz yoşlarimizga:
– Bolalarim, har bahorda heç bölmaganda, törttagina köçat eking, kelasi yil şu köçatlar yoniga yana törtta köçat, keyingi yillarda yana va yana ekavering, – deyman – Har bir tup daraxt, avvalo yurtimiz tabiatini boyitadi. Vatanga körk, dillarga gözallik, turmuşimizga farovonlik bağişlaydi.
Abdukarim hoji Törayev,
"Arna böyi” mahallasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶