Milliy mavsumiy marosimlar
Oʻzbek mavsumiy marosim folklori yil fasllarida oʻtkaziladigan marosimlardan iborat. Bahorgi mavsum marosimlari loy tutish, shox moylash, Navroʻz, yomgʻir chaqirish, darveshona; yozgi marosimlar choy momo; kuzgi marosimlar shamol chaqirish; qishki marosimlar yas-yusunlardan iboratdir.
Yuqorida qayd etilganlardan tashqari yozgi toʻqson, chilla, qishki toʻqson, ayamajuz, hut-yut deb nomlanadigan oʻnlab udumli muddatlar ham maʼlum darajada marosim qoʻrinishlariga ega.
Masalan, loy tutish marosimida muayyan hududda yashaydigan aholi ariqlarni tozalash, dalaga suv chiqarishni osonlashtirish uchun hasharga chiqadi. Shox moylash marosimi bahorda qoʻsh chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan. Dehqonlar yil davomida ekin-tikin moʻl-hosil berishiga umid qilib birinchi qoʻsh haydaydigan hoʻkiz shoxiga zigʻir moyi surtganlar. Marosimda dehqonchilik piri – bobodehqondan moʻl hosil boʻlishini tilab niyat qilishgan.
Yomgʻir chaqirish marosimi, asosan, bahorda yomgʻir yogʻmagan yillarda "Sust xotin" marosimi oʻtkazilgan. Bu marosim bir joyda ayollar, bir joyda erkaklar ishtirokida oʻtkazilgan.
Marosimlar xalq hayotining tarkibiy qismi sifatida milliy urf-odatlar kabi qadrlanadi.
Manba: ich.uz
(Foto - http://uzbekistonovozi.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶