ORZULAR SARI
Ijod – maşaqqatli mehnat, tinimsiz izlanişni talab etadigan murakkab jarayondir. Uning mahsuli neçoğlik xalqqa manzur bölmoği ijodkorning aytmoqçi bölgan fikrini qay darajada ifoda eta olişiga, boy va jozibali ona tilimiz imkoniyatlaridan foydalana olişiga boğliq.
Ayni kunda Amudaryo akademik litseyining 2-bosqiçida taʼlim olayotgan Dinora Karimboyeva ham ana şu masʼuliyatni his qilgan holda adabiy jarayonga dadil kirib kelayotgan yoşlardan.
U şeʼr yozişga juda erta qiziqdi. "Orzularim bir olam”, "Istiqlolim – istiqbolim” şeʼrlar töplamlari köpçilikning sevimli kitobiga aylandi. Tumandagi yoş ijodkorlarning sara ijod namunalaridan tuzilgan "Jayxun jilğalari” nomli töplamdan uning ham şeʼrlari joy olgan.
Dinoraning qiziqişlari kölami keng. Şu boisdan ham öquvçilik davridayoq, "Yaşil çiroq” teleöyinining, ötgan yili esa "Mahallaning eng orasta qizi” körik-tanlovining mamlakat bosqiçi ğolibi böldi.
Vafo va sadoqat timsoli bölmiş şoira Zulfiyaning ijodini Dinora özgaça mehr, taşnalik bilan öqiydi, ayriliq dardida, Hamid Olimjondek hassos şoirning sevgisiga sadoqat bilan yaşaşni ham baxt deb bilgan, yillar armoni qalbini örtasa-da, qaddini bukolmagan fidoyi ayolning dil qatidan tökilgan satrlarga hamdard bölib öqiydi.
Şoiraga izdoş bölişni havas qilmagan, undagi matonat va jasoratni özida mujassam etişga harakat qilmagan qizlar juda kam topilsa kerak. Dinora ham bundan mustasno emas. U joriy yilda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti uçun nomzodlarni saralaş bosqiçlaridan muvaffaqiyatli ötdi va mamlakat bosqiçida qatnaşgan tumanimiz ilk vakilalaridan biri böldi.
– Bu yutuğim menga yana ham özgaça masʼuliyat bağişlaydi, – deydi Dinora – Men öqişda ham, ijodda ham Zulfiya ijodidan özimga kuç olaman.
Ilm va ijod sari dadil intilayotgan tengdoşim Dinora Karimboyevaga kelgusida ham muvaffaqiyatlar yor bölaversin, deb qolaman.
Sevara ISMOILOVA, Amudaryo akademik litseyi öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶