ONALARIMIZ HAQIDA…
* Faqat onagina bizni butun umr koʻtarib yuradi! 9 oy – qornida, uch yoshgacha – qoʻlida, butun umr – oʻz yuragida.
*Ona shunday insonki, u hammaning oʻrnini bosadi, biroq uning oʻrnini hech kim bosa olmaydi.
*Onalar eng katta mehnatkashlardir. U oʻzining tishsiz jajji xoʻjayinining bitta kulgisi uchun maoshsiz, dam olish kunlarisiz va tushlikka chiqmasdan ishlashga tayyor.
*Onaning mehr-muhabbati shinam hovli kabi. Hamisha issiq va quyoshli.
*Onalar doim yordamga keladi, hatto ular yonimizda boʻlmasa ham.
* Men evolyutsiya nazariyasiga ishonmayman. Agar evolyutsiya boʻlganida onalarda oʻnta koʻz va qoʻl rivojlanardi. Uyqusi ham qisqarib ketardi.
* Faqatgina "Ishlaring qanday?”, deb soʻragan ona, "Hammasi joyida” javobini olgach ham oʻn martalab "Aniqmi?”, deb qayta va qayta soʻraydi.
* Ertalab uygʻondim, yotib qachon onam nonushta tayyorlashini kutdim. Keyin birdan ona oʻzim ekanligim yodimga tushib ketdi.
(Foto: http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶