KITOBXONLIKKA DAʼVAT QILUVÇI AKTsIYa ÖTKAZILDI
Yaqinda "Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti taşabbusi bilan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat taşkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan moliyalaştirilgan grant loyihasi doirasida tumanimizdagi 2 ta kitob dökonida "Farzandlaringizga kitob sovğa qiling!” nomli aktsiya ötkazildi.
Ota-onalarni farzandlariga kitob sovğa qilişga daʼvat qiliş maqsadida ötkazilgan aktsiya doirasida kitob dökonlariga maxsus tarğibot vositalari joylaştirildi. Aktsiyaning faol iştirokçilariga kitoblar sovğa qilindi va ular taşkilot qoşidagi kutubxonaga aʼzo qilindi.
Aytiş kerakki, "Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti tomonidan 2015-yilda taşkil qilingan kutubxona bugungi kunga kelib, 4 mingdan ortiq kitob fondiga ega. "Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati va boşqa homiylarning mablağlari va sovğalari hisobiga kutubxonaning kitob fondi oşib bormoqda. Ayni kunda kutubxonaga turli kasb egalaridan taşqari maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 500 nafarga yaqin öquvçilari aʼzo bölişgan.
Bu kabi tadbirlar yoşlarning dunyoqaraşini kengaytiriş, maʼnaviyatini va bilim darajasini yuksaltiriş, pirovardida ularni turli yot ğoyalardan asrab, yurt koriga yaraydigan insonlar bölib voyaga yetişlariga kömaklaşadi.
Ahmad NAFASOV,
"Jayxun ilhomlari” NNT raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶