PAYShANBA – JINOYaTChILIK PROFILAKTIKASI KUNI
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 9 fevral kuni ichki ishlar organlari faoliyati, tizimda mavjud muammo va kamchiliklar, istiqboldagi vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtgan edi. Prezidentimiz mazkur videoselektorda bugun ichki ishlar organlari zamon talablariga nechogʻli javob bera olayotganiga eʼtibor qaratdi. Davlatimiz rahbari bu borada tizim xodimlari oldida turgan muammolarga toʻxtalar ekan, haftaning payshanba kunini jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni, deb eʼlon qilishni taklif etdi. Shu kuni hududlar prokurorlari va ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari mahalliy telekanallarda chiqishlar qilib, sodir etilgan jinoyatlar, ularning kelib chiqish sabablari, oldini olish boʻyicha tadbirlar va profilaktikasi haqida axborot beradi.
Davlatimiz rahbari tomonidan soha xodimlari oldiga qoʻyilgan dolzarb vazifalarga asosan tumanimizda ham amaliy ishlar boshlab yuborildi. Yaqindaprofilaktika kuni doirasida tuman prokuraturasi va ichki ishlar boʻlimi xodimlari muassasa, korxona va tashkilotlarda, taʼlim maskanlarida, ovul va mahallalarda boʻlib, mavjud ahvol bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, oʻrganishlar davomida kelgusida qonunbuzilish va huquqbuzarliklar sodir qilinishiga olib kelishi mumkin boʻlgan muammo va kamchiliklarni bartaraf qilish choralari koʻrildi.
Uchrashuvlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasiga katta eʼtibor qaratildi. Bu kabi chora-tadbirlar va amaliy ishlar kelgusida xalqimizning yanada farovonligini, tinchlik va xotirjamligini taʼminlab, taraqqiyot va barqarorligimiz kafolati boʻlib xizmat qiladi.
Allayar PIShIEV,
tuman IIB boshligʻi oʻrinbosari.
(Foto - http://xushnudbek.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶