MAHALLALAR NUFUZI YaNADA OŞADI
Mustaqillik yillarida mahalla instituti dunyo xalqlari havasini keltirgulik darajada taraqqiy etdi. Xalqimiz mahallaning obodligi – ona yurt obodligi, köngillar obodligi mezoni ekanini öz turmuş tarzlarida ifoda etişga odatlandilar. Bugungi mahalla ona Vatanning tayanç qörğoniga aylandi. Çunki özbek mahallalarida hamma biri-birini taniydi, biri-biriga qon-qardoş, qarindoş, birining oğiriga biri yelka tutib, ahil-inoq yaşaşadi. Ana şu ahillikdan rang olgan Vatan tinç-osoyişta.
"Mahalla institutini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni mahallalarda yanada soğlom maʼnaviy muhitni şakllantiriş, fuqarolar özini özi boşqariş organlarining mahalliy ahamiyatga molik masalalarni samarali hal qilişdagi rolini oşirişda muhim ahamiyat kasb etdi.
Farmonda yoşlarni maʼnan yetuk, jismonan soğlom qilib tarbiyalaş, birinçi galda ularning bandligini taʼminlaş, turli mafkuraviy tahdidlardan himoyalaş, keksalarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, jamoat tartibini saqlaş, huquqbuzarliklarning oldini oliş borasida fuqarolik jamiyatining boşqa institutlari bilan özaro hamkorligini yanada kuçaytiriş, fuqarolarda qonun ustuvorligiga işonç va hurmat hissini uyğotişda mahallalarning bevosita iştirokini yanada kengaytiriş masalalari közda tutilgani alohida eʼtiborga molik.
Ayniqsa, yoşlar tarbiyasi bilan boğliq masalalarni hal etiş maqsadida Respublika Kengaşida taşkiliy işlar va uslubiy masalalar böyiça rais örinbosari, hududiy Kengaşlarda yoşlar işlari, diniy-maʼrifiy masalalar, keksalar va faxriylar işlari böyiça rais örinbosarlari lavozimlari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlarida jamoatçilik asosida faoliyat yuritadigan mahalla fuqarolar yiğini raisining örinbosari – yoşlar masalalari böyiça maslahatçi lavozimining joriy etilişi ayni muddao böldi. Bundan taşqari, Prezident Farmonida belgilab qöyilganidek, endilikda özini özi boşqariş organlarining moddiy texnika bazasi yaxşilanib, maʼmuriy binolarini rekonstruktsiya qiliş, zarur bölgan holatlarda yangidan quriş, işda yuksak natijalarga erişgan mahalla faollarini taqdirlaş maqsadida "Mahalla iftixori” kökrak nişonining taʼsis etilişi mamlakatimizda mahalla institutining davlat organlari va fuqarolik jamiyati boşqa institutlari bilan hamkorligini yanada mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
Raşid YeRLAPASOV,
"Kuyuk köpir”
OFY raisi,
xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶