Jamiyat
👁 4,124
Kitob – bilim bulogʻi
Mamlakatimizda mutolaa va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, kitob
doʻkonlari savdosini keng yoʻlga qoʻyish, kutubxonalar faoliyatini yanada
takomillashtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Prezidentimizning 2017-yil 12-yanvardagi "Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻibot qilish boʻyicha komissiya tuzish toʻgʻrisida”gi farmoyishi bu borada muhim omil boʻlayotir.
Amudaryo tumanidagi "Jayhun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan tashkil etilgan kutubxona ana shunday eʼtibor samarasidir. Kutubxona faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining grant mablagʻi hisobiga yoʻlga qoʻyildi.
– "Yuksak maʼnaviyatli avlod – yurt kelajagi” loyihamiz uchun ajratilgan grant mablagʻi kutubxona tashkil etish, kitob fondini boyitib borish hamda turli maʼnaviy tadbirlar oʻtkazishga yoʻnaltirilmoqda, – deydi "Jayhun ilhomlari" nodavlat notijorat tashkiloti rahbari Ahmad Nafasov. – Kutubxonani milliy va jahon adabiyotining sara asarlari bilan toʻldirishga alohida eʼtibor qaratmoqdamiz.
Tuman markazida tashkil etilgan ziyo maskani maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari bilan gavjum. Yoshlarning kitobga boʻlgan qiziqishini oshirish, ularda mutolaa zavqini uygʻotish, mahalla hamda har bir oilada kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida taʼlim muassasalari, olis qishloqlarda koʻchma kutubxona tashkil etilib, kitob sayllari oʻtkazilmoqda, kitobsevar yoshlar munosib ragʻbatlantirilmoqda. 42 ijodkor yoshning sheʼrlari saralanib, "Jayhun jilgʻalari” nomi bilan toʻplam holida nashr etildi.
Kutubxona fondi homiy tashkilotlar va saxovatli kitobsevarlar yordami bilan boyib bormoqda.
– Ziyo maskaniga shaxsiy kutubxonamdan 110 kitob sovgʻa qildim, – deydi "Yangiobod” mahalla fuqarolar yigʻini raisi Zebo Rajabova. – Bu xayrli ishni barcha birdek qoʻllab-quvvatlab, oʻz bisotidan turli tillardagi badiiy va ilmiy adabiyotlar, risolalarni tuhfa qilayotgani quvonarlidir.
Yoshlar maʼnaviyati va intellektual salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qilayotgan kutubxona fondini 5 mingtaga yetkazish rejalashtirilgan.
Aminboy Ortiqboyev, Maqsad Habibullayev (surat), OʻzA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶