Ichki ishlar organlari xalq bilan muloqotda boʻladi
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi tomonidan mamlakatimizning barcha hududlarida aholi bilan uchrashuvlar oʻtkazish rejalashtirilgan boʻlib, bundan koʻzlangan maqsad Oʻzbekiston Respublikasining xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi amaldagi Qonunlari, Prezident Farmonlari va Qarorlari, masʼul vazirliklarning qaror hamda farmoyishlarining ijrosini taʼminlash, ichki ishlar organlarining xalq bilan muloqot qilish va huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir faoliyatini tadqiq etish, ichki ishlar organlarining profilaktika xizmatlari oldiga qoʻyilayotgan vazifalarning toʻlaqonli bajarilishini taʼminlash, profilaktika inspektorlarining ish sifati va masʼuliyatini oshirish, ularning xizmat va turmush sharoitlarini chuqur oʻrganishdan iborat.
Tasdiqlangan jadval asosida tumanimizning uchta hududida shu kabi uchrashuvlar oʻtkazildi. Uchrashuvlar Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi professor-oʻqituvchilari, IIVning jinoyat qidiruv, tergov va huquqbuzarliklarning oldini olish, shaxsiy tarkib bilan ishlash, inson huquqlarini himoya qilish va yuridik taʼminlash xizmatlari, Respublika Sogʻlikni saqlash vazirligi , Mehnat vazirligi, Xalq taʼlimi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirliklari, Xotin-qizlar qoʻmitasi va bir qator ilmiy-amaliy va madaniyat markazlari hamda "Kamolot” YoIH va boshqa davlat boshqaruv organlari, jamoat tuzilmalari bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Uchrashuv yakunida ichki ishlar organlari tizimidagi muammo
va kamchiliklarni bartaraf etish hamda ichki ishlar organlarining profilaktika
xizmatlari faoliyatini takomillashtirish, ichki ishlar organlarining xalq bilan
samimiy muloqotini izchil yoʻlga qoʻyish borasida takliflar bildirildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶