Sayyor qabullar ötkazilmoqda
Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirlig Akademiyasi tomonidan mamlakatimizning barça hududlarida aholi bilan uçraşuvlar ötkaziş rejalaştirilgan bölib, bundan közlangan maqsad Özbekiston Respublikasining xalq manfaatiga xizmat qiluvçi amaldagi Qonunlari, Prezident Farmonlari va Qarorlari, masʼul vazirliklarning qaror hamda farmoyişlarining ijrosini taʼminlaş, içki işlar organlarining xalq bilan muloqot qiliş va huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir faoliyatini tadqiq etiş, içki işlar organlarining profilaktika xizmatlari oldiga qöyilayotgan vazifalarning tölaqonli bajarilişini taʼminlaş, profilaktika inspektorlarining iş sifati va masʼuliyatini oşiriş, ularning xizmat va turmuş şaroitlarini çuqur örganişdan iborat.
Bu kabi uçraşuvlar tumanimizda ham ötkazildi. Uçraşuvlar Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Akademiyasi professor-öqituvçilari, jinoyat qidiruv, tergov va huquqbuzarliklarning oldini oliş, Şaxsiy tarkib bilan işlaş, Inson huquqlarini himoya qiliş va yuridik taʼminlaş xizmatlari, Respublika Soğliqni saqlaş vazirligi, Mehnat vazirligi, Xalq taʼlimi, Oliy va örta maxsus taʼlim vazirliklari, Xotin-qizlar qömitasi va bir qator ilmiy-amaliy va madaniyat markazlari hamda "Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati, şuningdek, boşqa bir qator davlat boşqaruv organlari, jamoat tuzilmalari bilan hamkorlikda taşkil etildi.
Uçraşuvlarda Prezidentimizning 2016-yil 28-dekabrdagi "Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaş tizimini tubdan takomillaştirişga doir çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoni ijrosi doirasida taşkil etilayotgan bu uçraşuvlar fuqarolar murojaatlariga vaqtida javob qaytariş, muammolarini joyning özida bartaraf etiş, eng muhimi, aholining davlat idoralariga işonçini yanada mustahkamlaşga xizmat qilayotganligi taʼkidlandi.
Sayyor qabul guruhi faoliyati davomida bugungi kunning ustuvor vazifalaridan bölgan tadbirkorlik sohasida yaratilgan imkoniyatlar, bu borada qonunçilikka kiritilgan özgartiriş va qöşimçalar töğrisida fuqarolarga keng tuşunça berdi. Murojaatlarni örganiş bilan bir qatorda, huquqiy tarğibot işlari ham amalga oşirildi. Bunday qabullar har kuni, mamlakatimizning barça hududlarida jadval asosida olib borilmoqda.
Uçraşuv yakunida içki işlar organlari tizimidagi muammo va kamçiliklarni bartaraf etiş hamda içki işlar organlarining profilaktika xizmatlari faoliyatini takomillaştiriş, içki işlar organlarining xalq bilan samimiy muloqotini izçil yölga qöyiş borasida takliflar bildirildi.
Uçraşuvlarda aholiga mavjud qonunlarga oid eslatmalar ham tarqatilmoqda. Bu esa joylarda turli huquqbuzarliklarning oldini oliş, jinoyatçilikka qarşi kuraşişga xizmat qilişi bilan ahamiyatlidir.
(Foto - http://sof.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶