PREZIDENT ARChASI TOMOShALARI
2016-yil 29 dekabr kuni tuman hokimligi binosi oldiga oʻrnatilib, yasatilgan archa atrofida oʻtkazilgan "Prezident archasi” teatrlashtirilgan bayram tomoshasi bolajonlarimizga olam-olam quvonch bagʻishladi.

Mangʻit shahridagi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari va maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari ishtirokida tayyorlangan ulkan bayram tomoshasining boshlanishini barcha yigʻilgan bolajonlar shodon qiyqiriqlar bilan qarshi oldilar.
Tuman hokimi S.Yoʻldashev barcha yigʻilganlarni, yoshlarni kirib kelayotgan yangi 2017-yil bilan qizgʻin muborakbod etdi. 100 nafardan ortiq bolajonlarga Prezident sovgʻalarini topshirdi.

Oʻzbek xalq ertaklari qahramonlari, Qorbobo va Qorqiz ishtirokida ijro etilgan tomoshalar barcha bolajonlarga zavq-shavq bagʻishladi. Bayram dasturidan oʻrin olgan har bir ijroni nafaqat bolajonlar, balki yoshlar, ota-onalar ham miriqib tomosha qildilar.
Suratlarda: "Prezident archasi” tadbiridan lavhalar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶