«Yonğin xavfsizligi kunlari» davom etmoqda
Şu yilning 10-noyabr kunidan 2017-yil 10-yanvar kunlari oraliğida «Yonğin xavfsizligi kunlari» ötkazilmoqda. «Yonğin xavfsizligi kunlari» tadbiri davomida tumandagi aholi punktlarini zamonaviy şaharsozlik talablari va meʼyorlariga hamda milliy anʼanalarga muvofiq kompleks rivojlantirişga eʼtiborni qaratiş, tarixiy obidalarni saqlaş, quriliş maskanlari uçun yer tanlaş va işlab çiqarilayotgan loyiha yeçimlari sifatini oşiriş ustidan nazoratni kuçaytiriş lozimligi töğrisida köçma rejalar işlab çiqilib, «QQ elektr tarmoqlari» tuman filiali, «Şimolgaztaʼminot» UKning tuman filiali xodimlari bilan birgalikda tuman hududida joylaşgan fuqarolar yaşaş uylari, korxona-taşkilotlarda yonğin xavfsizligi qoidalari böyiça texnik tekşirişlar ötkazilib, tekşirişlar borasida aniqlangan kamçiliklar böyiça fuqarolarga va korxona-taşkilotlar rahbarlariga yonğinga qarşi profilaktik tuşuntiriş işlari olib borilib, ularni bartaraf etiş çoralari körilmoqda.
Şunday tadbirlarning köplab ötkazilişiga qaramasdan, fuqarolarning eʼtiborsizliklari natijasida ayrim xonadonlarda yonğin sodir bölişi holatlari kuzatilmoqda.
Biz tumanimiz fuqarolaridan YoXB xodimlari tomonidan olib borilayotgan tuşuntiriş va ogohlantiriş işlariga eʼtiborsizlik bilan qaramasliklarini, yonğinlarning oldini oliş maqsadida tabiiy gaz va elektr energiyasidan foydalanişda huşyorlik bilan iş körişlarini iltimos qilamiz.
Bizning tinç va farovon yaşaşimiz, har xil noxuş hodisalardan yiroq bölişimiz özimizga boğliq ekanligini doimo esingizda tuting!
Hamro MATYaKUBOV, tuman IIB YoXB boşliği, mayor.
Raxat XUDAYBERGENOV,
tuman IIB YoXB inspektori, serjant.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶