Jayxun ilhomlari
QOMUSING MUBORAK, ÖZBEKISTONIM!
Kuç-u qudratingga bağişlaydi nur,
Qonunga hamohang yuksak tafakkur.
Elning nafi doim bölarkan zuhur,
Qomusing muborak, Özbekistonim!
Qonunga boğliqdir adolat yöli,
Ham jihatlik hamda saodat yöli.
Qonunga böysunar irodat yöli,
Qomusing muborak, Özbekistonim!
Ustuvor qonunlar elga madadkor,
Istiqlol yoğdusi - yölga madadkor.
Şu sabab doimo topgungdir zafar,
Qomusing muborak, Özbekistonim!
Ne bir sinovlardan ötding mardona,
Zafarli yutuqlar – yuksak poğona.
"Tinçlik” şiori senda – tarona,
Qomusing muborak, Özbekistonim!
Sakkizinçi Dekabr – uluğ ayyomdir,
El uçun, xalq uçun qutluğ bayramdir.
Kuç-u qudratingga bağişlaydi nur,
Qomusing muborak, Özbekistonim!
Dilsayyor bu oqşom qalbida ğurur,
Buyuk özgarişlar ilhom keltirur.
Qonun - tuzuklaring bölarkan zuhur,
Qomusing muborak, Özbekistonim!
Xudoybergan JUMAMURODOV.
ŞUKRONA
Aziz tuproğingni közimga surtib,
Gözal satr-la topgayman huzur.
Bu yoruğ kunlar deb kuraşganing çun,
Bobolarim, sizga ming bor taşakkur.
Bugun siz tufayli gözaldir olam,
Qad rostlab turibdi baxtiyor ona.
Har qariç yeringni muqaddas saqlay,
Osuda va tinç yurtga ming bor şukrona.
Duogöy onalar-u, dehqon bobolaring bor,
Uzoqlardan yelgan sabolaring bor.
Sen mening ğururim, iftixorimsan,
Ey, durdona xalq, özing faxrimsan.
Qora kunlar ötdi, endi bölsin farovon.
Uruş bölmagay heç, bölsin farovon.
Ozodlik madhini yoşlar kuylasin,
Faqat tinçlik bölsin, bölsin bardavom.
Qay göşangga borsam, hayratda, lolman,
Barça yuksalişlar senda mujassam.
Vatanim, sen mening gözal koşonam,
Senga sodiq qolişga qilgayman qasam.
Inobat ODILBOYeVA, Manğit iqtisodiyot
kolleji öquvçisi.
MULOHAZA
Nogoh umrimizga yasalib yakun,
Bu yoruğ dunyoni tark etsak bir kun,
Birovlar baralla, birovlar beun:
"Yaxşi odam edi”, deyişarmikan?
Baʼzan savob qildik, baʼzida gunoh,
Kelsa hammasiga javob berar çoğ,
Kulib ketgan bölsak yoki tortib "oh”:
"Yaxşi odam edi”, deyişarmikan?
"Bölaman”, - deganlar dunyoga ustun,
Bitirmay ketdilar uning kam-köstin,
Döppini olib bir öylasak, döstim:
"Yaxşi odam edi”, deyişarmikan?
Turmuş maşaqqati oşib yil-yildan,
Derlar: "Mehr ketib borar köngildan”,
Kimdir uyalgandan, kimdir çin dildan:
"Yaxşi odam edi”, deyişarmikan?
Kimgadir tor edi sen bilan dunyo,
Endi qolgan bölib özlari tanho.
Ğayirlikda davom etarmikan yo:
"Yaxşi odam edi”, deyişarmikan?
Qança mol-dunyo yiğ, ming titrab-qaqşab,
Ikki hayotni heç bölmaydi yaşab,
Ketar bölsang bir kun barini taşlab:
"Yaxşi odam edi”, deyişarmikan?
Dunyo kengdir, ammo bilib yo bilmay,
Iloj yöq kimningdir yölini tösmay.
Gunohing yöqligin bilsa, harqalay:
"Yaxşi odam edi”, deyişarmikan?
Ne yaxşi iş qilsak kelib jahona,
Ajr berar bariga Olloh yagona.
Pok bölsak yöq örin şunday gumona:
"Yaxşi odam edi”, deyişarmikan?”
Kimga ezgu amal bölsa oddiy hol,
Işontirib aytsam bölar bemalol:
"Heç qaçon qiynamas bundayin savol –
Yaxşi odam edi, deyişarmikan?”
Ahmad NAFASOV.
HOLAT
Ovulga keça qöngan qor ekan-ku,
Bizni ham qor yöqlar dam bor ekan-ku!
Tong tursam, tevarakni oqartirib
Taşlabdi qayta-boşdan yaşartirib!
Özimça zavq izmida söylay turib,
Tört oğiz aytay dedim, öylay turib:
Tomlarga liboslar oq, uyulibdi,
Boğlarga, dalalarga quyulibdi.
Qaragan sayin közim qamaşadi,
Yaltiroq nurlar örin talaşadi.
Oşkora zavqlanişdan uyalmadim.
Oşiqlik yuqqani bor, qöyolmadim!
HAYRAT
Hali zamon oçilib osmon,
Oppoq tonglar aylaydir ehson.
Dimoğlarga boğlar böy berar,
Armoniga boğlanmas inson!
Körk qöşila borar ötloqqa,
Yaşil rang bop tuşgan yaproqqa.
Dilbar hisdan hayrat oşmoqda,
Boqmay bölmas bizning qişloqqa!
Jonlaniş bor jonzot ahlida,
Örnin topgan olam sahnida.
Sayroqilar samo sayrida
Çorlar elni köklam sayliga!..
Jumaboy HIDOYaTOV.
MUHABBAT
Dunyoga gözallik bergay muhabbat,
Yurakka hayajon solgay muhabbat.
U husn tanlamas, tanlamas boylik,
Xudoyimdan kelgan asl muruvvat.
Şoh-u gado birday tengdir qoşida,
Har köngilni maftun aylar muhabbat.
Farida QALANDAROVA,
56-sonli maktab öqituvçisi.
YaNGI YIL SOĞINÇI
Mana bir yil ötdi orqaga,
Özining quvonç-u ğamlarin olib.
Yurayapmiz yana oldinga,
Umr lahzalarin moziyga solib,
Men seni soğindim, yangi yil!
Tuğyonlarni titratar körkam arçalar,
Sirli Qorbobodan kutsang sovğalar.
Ramziy qor malagi aytsa tabriklar,
Işonç istab olis keçar xayollar,
Şundanmi, soğinçli yangi yil!
Amu sohilidagi töqayzorlarda,
Köp körganman şoxdor buğularni,
Balki ularning çanasi, Qorbobosi bor,
Baxt ölkasidan yetkazar sirlarni...
Ilohiy mujdalarni keltir, yangi yil!
Yangi yil kutiş afsonasida,
Millionlab gödaklarning köz quvonçi bor.
Murğak onglar işongan möʼjizaga,
Balki barçamizning işonçimiz darkor,
Yangi yilni soğindik, bu yil!
Arçadagi öyinçoqlar gözal bağoyat,
Balki ular röyoblardan öqiydi oyat.
Anglatib borliqda bor poyon-nihoyat,
Topiş-yöqotiş, hijron-visol benihoyat,
Umrimizni yangilikka çorlar, yangi yil!
Yilimiz sarhisobida oq oltin konlar,
Buğdoy-ğallamiz, rizqli xirmonlar.
Mevalarni yetiştirdi dehqon, boğbonlar,
Barça jabhada yutuq foydali poyonlar,
Biz senga munosib böldik, yangi yil!
Çölda çöpon ham qöy-qözi sanab,
Ötovda qilar sarhisobini...
Amudaryo oqmoqda umrimizga öxşab,
Gullatay deb hayot çamanzorini,
Barçasiga baraka keltir, yangi yil!
Qiş. Qorli kunlar gözal fasona,
Yangi yil – tuyğular tikilgan afsona.
Baxtli har kunimiz tinç bölsa zamona,
Barçamiz xurram, şodonmiz, yangi yil!
Oliy soğinçlar ila hamonmiz, yangi yil!
Men seni soğindim, Yangi yil!
Ölmasbek XÖJAYeV.
TINÇ BÖLSIN VATAN
Vatanim deganda sölim hovlimni,
Jonajon köçamni aytgim keladi.
Gödaklikda alla tinglab ulğaygan,
Belançagimga tomon qaytgim keladi.
Gödaklik Vatanim – belançagimni,
Onamning quçoği, issiq göşamni.
Bobomning, toğamning sölim boğlarin,
Vatan, deb bağrimga bosgim keladi.
Tilagim – Vatanim doim tinç bölsin,
Böş qolmasin heçam belançaklari.
Pahlavon gödaklar ulğaysin unda,
Alla aytaversin kelinçaklari.
Abdullajon OZODBOYeV.
QIŞ KELDI
Qiş keldi yurtimizga,
Qorli, sovuq, izğirin.
Oppoq qor yoqqan damda
Yayrab ketadi tanim.
Kökda bulutlar kezib,
Guvullab esar şamol.
Xazonlarni uçirib,
Körsatar sovuq jamol.
Baribir kumuş qişning
Tovlanişi özgaça.
Qor keçib yugurişning
Hatto zavqi bölakça.
Çana uçar bolalar,
Zamin şirin uyquda.
Orom oladi boğlar
Qor körpasin ostida.
Qiş keldi yurtimizga,
Hamma yoqda oppoq qor.
Vatan tinç va osuda,
Tonglar aro nur, viqor.
Inobat OTAJONOVA,
"Jayxun ilhomlari” NNT aʼzosi.
YaNGI YIL TILAGI
Bir yoşga ulğaydim men,
Yangi yil kirgan palla.
Qor gullarin quçay men,
Qutlar butun mahalla.
Yangi yil Vatanimga,
Buyuk iqbol keltirsin.
Yangi Prezidentimga,
Tengsiz kuç-quvvat bersin!
Javohir OLIMBOYeV.
ÖZBEKISTON
Bu dunyoda jannatmakon,
Ona yurtim Özbekiston.
Osmoni musaffo va tinç,
Xalqi könglida yöq ökinç.
Kundan-kunga çiroy oçar,
Mehnatdan şuhrati oşar.
Alloh nazar solgan makon,
Şunday yurt Özbekiston.
Madina Jumamurodova, 7-sonli maktab öquvçisi.
ONA TILIM
Mening uçun eng aziz,
Asl ona tilimdir.
Sözimni qilgan laziz,
Özbekona ilmdir.
Öz tilimiz bor uçun,
Oşmoqda nufuzimiz.
Özbekiston nomi-la,
Porlaydi yulduzimiz!
Azamatjon Kamolov.
VATAN
Sportga çanqoq farzandlaring bor,
Dunyoni lol qoldirgan Vatan.
Istiqboli porloq qadamlaring bor,
Şahdidan hayratda turibdi jahon!
Dadil qadamingga hamqadam bölay,
Yuksak marralarni közlab turibman.
Sen bergan imkondan qudratga tölay,
Senga toş otsa kim bölayin qalqon!
Qunduzbek YÖLDOŞEV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶