BAXT-IQBOLIMIZ KAFOLATI
Hayotimizda Konstitutsiyaning tutgan örni beqiyos. Çunki har bir inson avvalo tinç yaşasam, heç qanday hadiklarsiz oilam davrasida erkin nafas olsam, bilim olib, özim orzu qilgan kasbning yetuk mutaxassisi bölib yetişsam, işlab, umrimning oxirigaça rohat-faroğatda yaşasam, deydi. Şu kabi orzu-havaslar zamirida yurtimizda inson huquq va erkinliklari kafolatlanganligi asos bölayotir desak, mubolağa bölmaydi. Bir söz bilan aytganda fuqarolarning huquq va erkinliklari, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy huquqlari va şu bilan birga biz amal qilişimiz lozim bölgan qonun-qoidalar körsatilgan boş qomusimiz bölgan Konstitutsiyamiz bizga har jabhada, har sohada kömakçidir. Bu örinda Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti I.Karimovning quyidagi fikrlarini esga oliş joizdir: "Tabiiyki har qanday davlatning yuzi, obrö-eʼtibori uning Konstitutsiyasi hisoblanadi”.
Konstitutsiya – yölimizni yoritib turuvçi şamçiroqdir. U bilan insonlar öz qadr-qimmatini anglaydi. Boş qomusimiz – Konstitutsiyada belgilangan qonunlarni yaxşi biladigan va albatta hayoti davomida ularga amal qilib, ularni qadrlab yaşaydigan insonlar qança köp bölsa, xalqimiz orzu qilgan kuçli demokratik davlat va fuqarolik jamiyatni quriş şunça osonlaşadi. Inson öz haq-huquqlarini bilişi, ulardan töğri foydalana olişi – huquqiy madaniyatini ham oşiradi. Huquqiy madaniyatli insongina erkin fikrlay oladi, har qanday vaziyatda ham özini boşqarişga qodir böladi va özligini anglaydi.
Barçinoy QURBONBOYeVA.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶