Kutib oling: yangi internet-radio ish boshladi
Assalomu alaykum!
2017-yilning 1-yanvar kunidan www.jayxun-sadosi.uz manzilida Qoraqalpogʻiston Respublikasining Amudaryo tumanida yana bir ommaviy axborot vositasi – "Jayxun sadosi” internet-radiosi ish boshladi.
Ushbu internet-radio Amudaryo tumanida roʻy berayotgan yangiliklar, tuman ahlining bunyodkorligi va tashabbuskorligi natijasida qoʻlga kiritilayotgan ulkan yutuqlar, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-marifiy hayotiga oid axborotlarni tuman va mamlakat aholisi, qolaversa, xalqaro jamoatchilik eʼtiboriga yetkazish maqsadida "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati” davlat korxonasi muassisligida tashkil qilindi.
Internet-radio tun-u kun, uzluksiz faoliyat olib boradi.
Bizga hamroh boʻlib, tezkor yangiliklar, dolzarb mavzulardagi eshittirishlar, madaniy-koʻngilochar dasturlar, dilga yaqin qoʻshiqlar va qalbga manzur navolardan bahramand boʻling!
Oʻylaymizki, ushbu saytimiz ham "Taraqqiyot koʻzgusi” va "Mening oilam” gazetalari, Amudaryo telekanali va amunews.uz veb-sayti singari tumanimiz ahlining eʼtiborini qozonadi va keng jamoatchilikka manzur boʻladi.
Fikr-mulohazalaringizni saytimizning "Bogʻlanish” boʻlimi orqali bizga yoʻllashingiz mumkin!
"Jayxun sadosi” – koʻhna daryo boʻyidagi qadim diyorning navqiron ovozi!
p/s: Saytimiz internetning Tas-ix hududida joylashgan.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶