17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 09:31
Jamiyat 👁 6,272

EʼTIROF

EʼTIROF

Har qanday davlatning madaniyati unda yashovchi ayollarga boʻlgan munosabatda yaqqol aks etadi.

Istiqlol yillarida davlatimiz tomonidan xotin-qizlarning maʼnaviy-maʼrifiy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlarda faol ishtirok etishlari, oʻzligini namoyon qilishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilgani ayol-qizlarning turli sohalarda mehnat qilib, ulkan yutuqlarni qoʻlga kiritishlariga asos boʻlayotir.

Mustaqillik yillarida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining "Oila” Kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning "Oʻzbekiston Respublikasining davlat va ijtimoiy qurilishida xotin-qizlarning rolini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 1995-yil 2-martdagi 1084-sonli Farmoni, "Xotin-qizlarning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 1995-yil 17 martdagi 2246-sonli Farmoni, "Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2004-yil 25 maydagi 3434-sonli Farmoni, Davlat dasturlari xotin-qizlarning oila va jamiyatdagi mavqeini yuksaltirishga, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi rolini kuchaytirishga olib keldi, oʻz qobiliyati va imkoniyatlarini toʻla roʻyobga chiqarishiga sharoitlar yaratildi.

Buningdek ulkan ijobiy oʻzgarishlar mamlakatimizning chekka hududlaridagi ayol-qizlar hayotida ham oʻz isbotini topayotgani quvonchli holdir.

Tumanimizdagi 19-maktabning ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Muborak Sapayevaning yaqindagina qoʻlga kiritgan yutugʻi fikrimizga dalil boʻla oladi.

U 32 yillik pedagoglik tajribasiga ega ustoz murabbiy. Maktabda shogirdlariga oʻz fanini chuqur va qiziqarli tarzda oʻqitib, bolalarda ona tilimizga cheksiz hurmat va muhabbat uygʻotish, chuqur oʻzlashtirishlariga erishish bilan birga oʻzi yashaydigan OFY faoliyatida ham faol ishtirok etadi. Yigʻin qoshida tashkil etilgan "Xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasi” raisi hamdir. Darsdan boʻsh vaqtlarida ovul kayvoni onalari bilan yosh oilalar, muammoli oilalarda boʻlib, tinch-osuda yashash, oila mustahkamligini taʼminlash borasida suhbatlashishdan, yoshlarga yoʻl-yoʻriq koʻrsatishdan erinmaydi.

Muborak Sapayeva Nukus shahrida "Goʻzal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, Oʻzbekistonim!” shiori ostida oʻtkazilgan tanlovning quyi bosqichlarida gʻolib boʻlgan 21 ta boshlangʻich tashkilotning bir yetakchisi sifatida 7 ta yoʻnalishda oʻtkazilgan "Xotin-qizlar qoʻmitasining eng namunali boshlangʻich tashkiloti” koʻrik-tanlovida "Eng namunali mahalla huzuridagi xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasi” nominatsiyasida gʻolib boʻlib, 1-darajali diplom bilan taqdirlanib, mamlakat bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan edi.

Yaqinda mazkur tanlovning yakuniy bosqichi boʻlib oʻtdi va unda Muborak Sapayeva oʻz iqtidorini namoyon etib, faxrli uchinchi oʻrinni egalladi.

Bu uning xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, mehnat bilan bandligini taʼminlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollar va oilalarning barcha manfaatlarini taʼminlash borasidagi islohotlar rivoji yoʻlidagi fidoyi mehnatlari eʼtirofidir.

Oygul RAJABOVA.

Suratda: M.Sapayeva koʻrik-tanlovning

taqdirlash marosimida.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026