17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 09:28
Jamiyat 👁 7,152

BIZ DUNYoDA ENG BAXTLI, BADAVLAT YoShLARMIZ

BIZ DUNYoDA ENG BAXTLI, BADAVLAT YoShLARMIZ

Yoshlar – millat kelajagi. Feʼlidagi joʻshqinligi, intiluvchanlik fazilatlari bilan bunyodkorlik qobiliyatiga ega yoshlarning mamlakat taqdiri va kelajagini yaratuvchi ulkan intellektual salohiyatli kuch sifatida shakllanishi uchun davlat ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlab, oʻz huquq va majburiyatlarini amalda namoyon etishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratib bergandagina yoshlar oʻz ona Vatani uchun bebaho resursga aylanadi. Shu bois, mamlakatimiz  mustaqillikka erishish arafasidayoq, 1991-yilning  boshida "Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi tayyorlana boshladi va bu Qonun 1991-yil 20-noyabrda qabul qilindi. Unda iqtidorli oʻgʻil-qizlarni ragʻbatlantirish, yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash, yoshlarning oʻqishi, yaxshi sharoitlarda yashab, mehnat qilishi, oilalarini  mustahkamlash, voyaga yetmaganlarni ijtimoiy muhofaza qilish borasidagi oʻta printsipial masalalar oʻz aksini topdi.

Biz yoshlarning har tomonlama barkamol insonlar sifatida kamol topishimiz uchun mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi. 22 ta Qonun, 26 ta farmon va qaror, Vazirlar Mahkamasining 41 ta qarori, 30 dan ortiq meʼyoriy-huquqiy hujjatlari, Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi, "Taʼlim toʻgʻrisida”gi, "Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi qator Qonunlar qabul qilindi. 2016-yil "Sogʻlom ona va bola yili”davlat dasturining birinchi bandiga muvofiq "Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi yangi Qonun loyihasi ishlab chiqilib, mazkur Qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi mamlakatimiz yoshlari uchun yanada beqiyos imkoniyat va gʻamxoʻrliklar eshigini ochdi. Eng muhimi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan mustahkamlab qoʻyilgan yoshlarning huquq va erkinliklari dunyo mamlakatlari yoshlari havas va hayratiga munosib tarzda yuqori pogʻonaga koʻtarildi.

Bugungi kunda biz yoshlar Bosh Qomusimizning 41-moddasida mustahkamlab qoʻyilgan "Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul  umumiy taʼlim olish davlat tomonidan kafolatlanadi” degan tamoyil asosida umumtaʼlim maktabi hamda akademik  litsey va kasb-hunar kollejlarida tahsil olib, ilm maskanlarida yaratilgan dunyo andozalariga munosib sharoitlardan, imkoniyatlardan bahramand boʻldik. Nafaqat bepul ilm oldik, balki har birimiz oʻz qiziqishlarimiz doirasida kasb-hunar oʻrgandik. Fikrda ilgʻor, dunyoqarashi keng tengqurlarimiz esa tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish  uchun oʻz biznes gʻoyalarini himoya qilib, imtiyozli bank krediti asosida tadbirkorlik ishlarini  boshlab yuborishdi. Ilmga chanqoq yuzlab amudaryolik yoshlar taʼlimning  keyingi bosqichi – oliy taʼlim dargohlarida tahsilni davom ettirishmoqda.

Tengdoshlarim qatori men ham Konstitutsiyaviy huquqimdan foydalanib, oliy taʼlim dargohida tahsil olmoqdaman. Oʻzim  qatori mustaqillik tengdoshlari boʻlgan barcha yoshlarni Bosh Qomusimiz – Oʻzbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga 24-yil toʻlishi munosabati bilan samimiy tabriklayman. Baralla aytamanki, biz – Oʻzbekiston yoshlari dunyoda eng baxtiyor, badavlat yoshlarmiz, bizni qoʻllab-quvvatlaguvchi, ezguliklar sari yoʻllab turguvchi aziz  va muqaddas ona Vatanimiz tinch, xalqimiz baxtiyor va farovon boʻlsin!

Feruza QODIROVA,

Toshkent Davlat Agrar Universitetining Nukus filiali talabasi.

(Foto - http://uzbekistonovozi.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026