OTA-ONA QADRI
Baʼzi hollarda ota-onani hurmat qilmaydigan farzandlar uchrab turadi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, zamon oʻzgaradi, ota-ona hech qachon oʻzgarmaydi. Ota-ona ulkan daraxt kabi farzandlariga soyabon boʻlib yashayveradi.
Ota-ona farzandini koʻp umidlar bilan katta qiladi. Kamolga yetkazib, oʻqitadi. Bor mehrini farzandiga qaratadi. Noqobil farzandlar esa ota-onaning holidan xabar olmaydi. Ota-onasidan mehr koʻrib, sovgʻa olishni yaxshi koʻradigan farzandlar ularga hech boʻlmasa bir juft paypoq sovgʻa qila olishmaydi.
Hayot davom etadi, ota-ona ulkan daraxt, har qancha katta boʻlmasin, vaqt oʻtishi bilan tomiri uzilsa, tomom, u qaytadan koʻkarmaydi. Ota-onasiga mehr bermaydigan, holidan xabar olmaydigan farzandlarning ota-onasi unga suyanish oʻrniga xassasiga suyanib yashayotganini koʻrsam, ezilib ketaman.
Shunday kimsalarga:
- Ertalab va kechqurun uyingiz toʻriga bir boqing, ota-onangiz sizni duo qilib oʻtirgan boʻlsalar, uyingiz ham, koʻnglingiz ham nurga toʻlibdi. Ularning duosini oling, hayit va bayramlarda bir juftgina paypoq yoki bir kilo novvot sovgʻa qiling. Ular gʻanimat odamlar, ularni qadrlang, - degim keladi.
Gulruh YeShIMBETOVA,
18-sonli maktab oʻquvchisi.
(Foto - http://www.uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶