“TASANNO” GURUHI KÖRIK-TANLOV ĞOLIBI
2016-yil 13-oktyabr kuni Nukus şahridagi Yeşçan baxşi nomli musiqa va sanʼat maktabi sanʼat saroyida "Istiqlol ğunçalari” körik-tanlovining Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçi bölib ötdi.
Mazkur körik-tanlovni ötkazişdan maqsad – yoş avlodni milliy qadriyatlarimizni eʼzozlaşga hamda köpmillatli mamlakatimizda yaşayotgan xalqlarning boy madaniy meros va anʼanalarini qadrlaşga örgatiş, ularning sanʼat va badiiy havaskorlik ijodiyotiga bölgan qiziqişlarini östiriş, iqtidor egalarini aniqlaş va qöllab-quvvatlaş, musiqiy va estetik didlarini şakllantiriş hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşdir.
Anʼanaviy ijroçilik, estrada qöşiqçiligi, yakka va ansambl çolğu ijroçiligi, yakka va jamoa raqs ijroçiligi yönalişlari böyiça ötkazilgan körik-tanlovda korxona va taşkilotlar tasarrufidagi madaniyat saroylari hamda hududlardagi madaniyat va aholi dam oliş markazlarining 7 yoşdan 16 yoşgaça bölgan bolalar badiiy jamoalari hamda yakka ijroçilar iştirok etdilar.
Körik-tanlov ğoliblarini tanlaş çoğida iştirokçilarning ijroçilik mahorati, kuy-qöşiqlarning mazmuni, sahnadagi harakati, liboslari eʼtiborga olindi.
Tuman madaniyat va aholi dam oliş markazi "Tasanno” doiraçilar havaskorlik jamoasi yakka va ansambl çolğu ijroçiligi yönalişi böyiça tuman bosqiçida ğolib bölib, Respublika bosqiçiga qatnaşiş huquqiga ega bölgan edi. Mazkur jamoa aʼzolari Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida ham faol iştirok qilib, faxrli 1-örinni egallaşdi va Özbekiston Respublikasi bosqiçida qatnaşiş huquqini qölga kiritişdi.
"Tasanno” doiraçilar havaskorlik jamoasi rahbari Akmal Rajabov, 36-sonli umumtaʼlim maktabi 9-sinf öquvçisi Inomjon Kamolov, 16-sonli ixtisoslaşgan umumtaʼlim maktabi 6-sinf öquvçisi Dilşod Jumaboyev 8-sonli ixtisoslaştirilgan umumtaʼlim maktabi 8-sinf öquvçisi Begdulla Şukurullayev, 36-sonli umumtaʼlim maktabi 6-sinf öquvçisi Sarvar Durdiboyev, 55-sonli umumtaʼlim maktabi 6-sinf öquvçisi Rasul Rajabovlar Özbekiston kasaba uyuşmalari federatsiyasining Qoraqalpoğiston kasaba uyuşmalari taşkilotlari birlaşmasi Kengaşi tomonidan Faxriy yorliqlar va qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlanişdi.
Uluğbek ABDURAHMONOV,
taʼlim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyuşmasi tuman Kengaşi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶