Kichkintoylarning qadrdon muassasasi
Bola shaxsining shakllanishida maktabgacha taʼlim muassasalarining tutgan oʻrni gʻoyat muhim. Chunki MTMda bola yoshi va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda MTMlar uchun belgilangan taʼlim-tarbiya dasturi asosida tarbiyalanadi.
- Baʼzan jonli muloqotlar, tabiat bagʻriga sayr-sayohat, ertaklar olami bilan tanishish bolalarga olam-olam zavq bagʻishlaydi, - deydi 5-sonli MTM tarbiyachisi Sayyora Sobirova. - Shunday paytda bolalar oʻz taassurotlarini quvonib hikoya qilishga oshiqadilar. Bu esa bolalarda erkin nutq, muomala madaniyatining shakllanishida katta ahamiyat kasb etadi.
Mazkur MTMda 75 nafar kichkintoylar tarbiyalanmoqda. Jajji bolajonlarning sogʻlom va tetik ulgʻayishlari uchun muassasada barcha sharoitlar yaratilgan.
Suratda: (chapdan-oʻngga) tarbiyachi Sayyora Sobirova, uslubchi Raya Qoʻngʻirotova, tarbiyachi Gulasal Qutimova, tarbiyachi Mehribon Saparova va katta tarbiyachi Roza Qurboniyozovalar hamisha bir-birlari bilan maslahatlashib ish yuritadilar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶