32 MING 840 TONNALIK “OQ OLTIN” XIRMONI TAYYoR!
Mehnatda toblangan, yer bilan tillaşib, işning közini biladigan fidoyi va mirişkor paxtakorlarimiz bu yil ham anʼanaga sodiq qolgan holda Respublikamizda birinçi bölib davlatga paxta sotiş böyiça şartnomaviy rejasini ortiği bilan bajardilar. 2016-yil 27-sentyabr kuni, 17 iş kunida davlat xazinasiga topşirilgan Amudaryo "oq oltin”i 32 ming 840 tonnadan oşib ketdi.
Aytiş kerakki, Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimov rahbarligida agrar sohada amalga oşirilgan islohotlar, hukumatimiz va Respublika rahbariyati tomonidan sohada yangi tizimning joriy qilinişi, paxta yetiştirişni yanada takomillaştiriş borasida olib borilayotgan keng kölamli işlar va dehqonlarimizning fidoyi mehnatlari paxtadan möl hosil olişga zamin yaratdi.
Yerlarni ekişga tayyorlaş, çigit ekiş, dalalarni begona ötlardan tozalaş va yaganalaş, ğöza qator oralariga işlov beriş, ğöza nihollarini oziqlantiriş va zararkunandalardan himoya qiliş, çilpiş, defoliatsiya kabi agrotexnik tadbirlarning öz vaqtida va sifatli ötkazilgani bugungi yuksak xirmonning asosi böldi.
Eng muhimi, yiğim-terim işlari uyuşqoqlik bilan, yangi tizim asosida taşkil qilindi. Bunda terimning otryad usulida olib borilişi katta samara berdi. Fermer xöjaliklarining işçilari va pudratçilari, muassasa, korxona va taşkilotlarning işçi-xizmatçilari, ovul va mahallalardagi uyuşmagan aholi va Nukus davlat pedagogika instituti talabalaridan iborat terimçilar zahmatli mehnatlari bilan yuksak xirmon bunyod etdilar.
Terimçilar va haşarçilarga işlaş va dam oliş uçun barça zarur şaroitlar yaratilgani, terim pullarining öz vaqtida berilişi, hosilning töliq yuqori navlarga topşirilişi pudratçi va haşarçilarning moddiy manfaatdorligini, fermer xöjaliklarining iqtisodiy qudratini yanada yuksaltirdi. Jumladan, tijorat banklari tomonidan şu kungaça jami 9 milliard 359 million sömdan ortiq naqd pul mablağlari terim puli sifatida tarqatildi, fermer xöjaliklarimizning paxtadan olgan daromadlari 43 milliard 773 million sömdan oşib ketdi.
Tumanimiz paxtakorlari dalalarimizdagi möl hosilning bir misqolini ham nobud qilmasdan, yana qöşimça 12 ming 500 tonna "oq oltin” topşirib, mamlakatimizning ulkan xirmoniga özlarining munosib hissalarini qöşiş niyatida mehnat qilmoqdalar.
Fursatdan foydalanib, paxta yetiştiriş va yiğib-terib olişda faol iştirok etgan fidoyilarni bugungi mehnat zafari bilan çin qalbimizdan muborakbod etamiz! Halol mehnatingizning rohatini köring, azizlar!
Anvar YuLDAŞEV,
tuman Qişloq va suv xöjaligi bölimi boşliği, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati, Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan paxtakor.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶