MILLIY KADRLAR – BOʻLGʻUSI MILLAT ALLOMALARI
Oʻn ikki yillik uzluksiz bepul taʼlim tizimining joriy etilishi koʻpdan-koʻp muammolarning ijobiy hal etilishida muhim omil boʻldi, nazarimda. Birinchidan, umumtaʼlim maktabini bitiruvchi yoshlar ota-onasining issiq bagʻridan olisga ketmay, oʻz tumanida, oʻz qishlogʻida bunyod etilgan kasb-hunar kollejida oʻqish imkoniga ega boʻldi. Ikkinchidan, yuzlab chaqirim olisdagi shaharlarga qatnab oʻqishdan qutulishdi.
Tumanimizdagi Amudaryo akademik litseyi, 8 ta kasb-hunar kollejlarida dars jarayonilariga eng zamonaviy pedtexnologiyalarning joriy etilishi, oʻquvchilarning ilm-u hunarli boʻlishlari uchun koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrliklar tumanimiz yoshlarining shaxs sifatida shakllanishlari, hayotda oʻz oʻrinlarini topishlariga xizmat qilmoqda.
Maʼrifat qonuniyati – bu yer yuzida Oʻzbek degan millat yaralganidan beri ana shu millat qonida yashab kelayotgan abadiy orzu – bugungidan koʻra yaxshiroq yashashga intilish, oʻgʻil-qizini oʻzi erishgan pogʻonalardan koʻra yuqoriroqqa koʻtarish, ilm-irfon chirogʻining nurafshon shuʼlalari ila har bir koʻngilni, xalq qalbini quvvatlantirish! Garchi bu buyuk tuygʻuni millat dilidan yulib tashlab, mahv etishga intilgan johil qadamlar koʻp boʻlsa-da, bu qonuniyat millat qonida abadiy qoldi. Asrlar osha dunyo tamaddunini ana shu maʼrifat qonuniyati asosida nurlantirdi, koʻngillarga ilm-irfon yogʻdularini sochdi. Jaholat pardalarini qayta va qayta surib tashlab, davomiylik kasb etdi. Bugun u taraqqiyotning "Oʻzbek modeli” sifatida oʻzini namoyon etdi. Bu – Oʻzbekiston yoshlarining kelajakka ishonch toʻla chaqnoq koʻzlarida, qadamlarida aks-sado berib turibdi. Qadamlari dadil va zalvorli bu yoshlarning kelajak ufqlari yorqin. Ularning har biri zulmatlarni parchalab tashlashga qodir maʼrifat yulduzlari. Bu yulduzlar maʼnaviyat va maʼrifat osmoni aro mangudir. Shudir, azizlar millatning baxti, iqboli! Ularni Istiqlol tarbiya etdi. Istiqlol ulgʻaytirdi. Va kelajakning yanada yorqin ufqlari sari dadil qadam tashlamoqqa oʻrgatdi! Bu – Yurtboshimiz qayta-qayta taʼkidlagan ilm-irfon, maʼrifat qonuniyatining davomini yaratuvchi kuch! Uning davomi – uzun. Uning davomida millat va xalq baxt-saodatiga metin kafolat bor, yanada obodlik, obodlik va obodlik bor! Toki Vatan farzandlari ilm-maʼrifat tugʻini baland tutar ekanlar, bu qonuniyat aslo oʻlmasdir, mangudir!
Robiya YOʻLDOShEVA.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶