SUVDAN OQILONA FOYDALANIŞ – DAVR TALABI
Ota-bobolarimiz ummon oldida tursang ham bir tomçi suvni isrof qilma, deb bejiz aytişmagan. Çunki suv hayot manbaidir. Tabiiyki, hayotimizni suvsiz tasavvur qilib bölmaydi. Suv – bebaho neʼmat hisoblanadi. Hammaga maʼlumki, yer yuzining 2/3 qismi suv bilan qoplangan, lekin bu suvlarning hammasi ham içimlik suvi hisoblanmaydi. Yer yuzidagi mavjud suvlarning faqat 2 foizigina içişga yaroqli bölib, qolgan barça suvlar dengiz va okean suvlari, yaʼni içişga yaroqsiz şör suvlar hisoblanadi.
Bugungi kunda nafaqat içimlik suvi, balki dehqonçilik uçun foydalaniladigan suv ham dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Çunki yer yuzida kundan-kunga aholi soni ortib bormoqda, qişloq joylarda fermerlar va dehqonlarimiz tomonidan yangidan - yangi ekin maydonlari barpo qilinmoqda. Bu esa suvga bölgan talabning yanada ortişini körsatadi. Suv resurslarini muhofaza qiliş, suvning tozaligini saqlaş, uning isrof bulişiga yöl qöymaslik uçun bir qator mamlakatlarda juda katta işlar olib borilmoqda.
Özbekiston Respublikasida ham suv resurslarini muhofaza qilişga alohida eʼtibor qaratilmokda. Irrigatsiya tarmoqlari modernizatsiya qilinmoqda, suvdan foydalanişni hisoblaş tizimi takomillaştirilmoqda, suvni tejaşni iqtisodiy rağbatlaniriş usullaridan foydalanilgan holda işlab çiqaruvçilar va aholi örtasida faol tuşuntiriş işlari olib borilmoqda. Şuningdek, fermerlar va qişloq joylarda istiqomat qiluvçi dehqonlarimiz tomonidan, suvdan oqilona foydalaniş maqsadida ekinlarni tomçilab suğoriş işlari yölga qöyilmoqda.
Tumanimizda ham suv resurslariga bölgan talab tobora ortib bormoqda. Tuman tabiatni muhofaza qiliş bölimi suv resurslaridan oqilona foydanişni aholi va keng jamoatçilik orasida tarğib qilib bormoqda. Suv isrofgarçiligiga yöl qöygan muassasa, taşkilot rahbarlari va fuqarolar belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortilmoqda. Şuningdek, isteʼmolçilarga atrof-muhitda yuz berayotgan zamonaviy özgarişlar şaroitida qişloq xöjalik, sanoat va içimlik ehtiyojlari uçun suv resurslaridan barqaror foydalaniş böyiça tavsiyalar berilmoqda.
M.Abdrimov,Ğ.Iskandarov,tuman tabiatni muhofaza qiliş bölimi inspektorlari.
(Foto - http://ekolog.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶