BOLA TENGDOŞLARIGA HAVAS QILIB YaXŞI TOMONGA ÖZGARADI
Bolalar – bizning kelajagimiz, ertangi kunimiz davomçilari. Namunali xulq-atvorga ega farzandi bilan ota-ona bilan birga har bir mahalladoşi, ustoz-murabbiylari, döstlari ham faxrlanib yurişadi.
Lekin baʼzan bilib-bilmay huquqbuzarliklar sodir etgan bolalar bilan işlaşişimizga töğri keladi. Tuman IIB huquqbuzarliklarning oldini oliş guruhi voyaga yetmaganlar örtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhida 8 nafar voyaga yetmagan ösmirlar hisobda turadi. Yozgi taʼtil kunlarida IIB nozirlari bu bolalar tarbiyasi bilan jiddiy şuğullanişdi. Ularning böş vaqtlarini mazmunli ötkazişlari, sport bilan şuğullanişlari va har xil tögaraklarga muntazam qatnaşişlari uçun şaroitlar yaratildi. "Kamolot” YoIH tuman Kengaşi mutaxassislari bilan hamkorlikda mahallalarda, oilalarda suhbatlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar ötkazildi.
Nafaqat profilaktik hisobda turuvçi voyaga yetmaganlar, balki tumanimiz mahallalarida yaşovçi barça oilalardagi ösmir bolalarning yozgi taʼtil davrida böş vaqtlarini qanday ötkazayotganlari guruhimiz tomonidan doimiy nazorat qilib borildi. Natijada köpçilik mahallalarda ota-onalar farzandlariga tögaraklarda qatnaşişga ruxsat berişmayotganlari aniqlandi. Köpçilik holatlarda ota-ona tomonidan nazoratsiz qolgan, qayerda, nima işlar bilan şuğullanayotgani suriştirilmagan ösmirlarning, çömiliş taʼqiqlangan hududlarda çömilayotgan holatlari aniqlandi va bunga öz vaqtida çek qöyildi. Ayniqsa, huquqbuzarlik sodir etgan bolaning xulqi ota-onasi, ustozi va mahalla faollari oldida muhokama etilib, izza qilinişi yaxşi natijalar bermoqda.
Guruhimiz xodimlari "Kamolot” YoIH tuman Kengaşi, OFY va MFYlar huzuridagi Voyaga yetmaganlar bilan işlaşiş komissiyalari bilan hamkorlikda ötkazgan "Yoz – ötmoqda soz”, "Yoz - 2016” tadbirlarida minglab ösmir-yoşlar iştirok etişdi. Ana şu tadbirlar doirasidagi turli sport musobaqalari, tögaraklar maşğulotlari, nazarimda ösmir-yoşlarimiz uçun yozgi taʼtil paytida ham jismonan, ham aqlan toblaniş pallasi böldi.
Mana, yozgi taʼtil payti ham tugab, barça öquv maskanlarida yangi öquv yili boşlandi. 2016-2017 öquv yilining har qaçongidan ham muvaffaqiyatli ötişi uçun guruhimiz nozirlari "Öquvçi”, "Davomat” tadbirlarini hozirdanoq boşlab yuborişdi.
Temirboy AKIMNIYoZOV,
tuman IIB inspektori, katta serjant.
(Foto - http://fikr.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶