SOFLOM FARZAND – MILLAT TAYaNChI
Farzand! Ota-ona orzusi, umrining davomchisidir. Farzand dunyoga kelishi – bu har bir oilaning eng quvonchli va hayajonli damlaridir. Ota-onaning oʻz farzandlari oldida burchlari boʻlgani kabi har bir farzandning ota-onasi oldida burch va majburiyatlari bor. Farzandni sogʻlom va bilimli, yurtga kori tegadigan inson qilib tarbiyalash ota-ona, mahalla-koʻy, ustozlar zimmasidadir.
Biz yoshlar yurtimizning koʻrar koʻzi, ishonchi va tayanchidirmiz. Yurtboshimiz I.A.Karimov tomonidan 2016-yil "Sogʻlom ona va bola yili” deb nomlanishining boisi shuki, ona sogʻlom boʻlsa, bola sogʻlom, bola sogʻlom boʻlsa, yurtimiz tinch, osuda boʻladi. Negaki, sogʻlom farzand oʻz Vatani uchun jon berishga tayyor fidoyi, mard, jasur oʻgʻlon boʻlib ulgʻayadi va yurt sarhadlarini mardonavor qoʻriqlaydi.
Yurtboshimizning ishonchini qozonayotgan, Vatanga sodiq yoshlar turli sport musobaqalarida, sanʼatda, ilm-fanda koʻpgina yutuqlarni qoʻlga kiritib kelmoqdalar. Vatanimizning sogʻlom va barkamol farzandlari ona Oʻzbekiston nomini jahon aro yanada ulugʻ qilishga qodir. Chunki, bugungi avlod davlatimiz gʻamxoʻrligida har tomonlama yetuk boʻlib voyaga yetmoqda.
Qunduzoy AHMEDOVA,
31-sonli maktab oʻquvchisi.
(Foto - http://uzbekistonovozi.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶