HUQUQIY TARĞIBOT IŞLARI OLIB BORILAYaPTI
Özbekiston Respublikasining "Yer osti boyliklari töğrisida”gi Qonunining 26-moddasiga muvofiq, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 2-maydagi PQ-1524-sonli Qarori bilan tasdiqlangan "Noruda foydali qazilmalarni öz içiga olgan yer qaʼri uçastkalaridan foydalaniş huquqi uçun litsenziyalar beriş tartibi töğrisida”gi Nizom qabul qilindi. Uşbu Nizomga muvofiq ravişda hozirgi kunda Qoraqalpoğiston Respublikasi hududidagi yer osti boyliklaridan foydalaniş va geologik jihatdan örganiş işlarini olib boriş huquqi uçun 75 tadan ortiq xöjalik yurituvçi subʼektlar maxsus litsenziyalarga ega bölib, faoliyat yuritib kelmoqdalar. Inspektsiyamiz xodimlari tomonidan mazkur sohada iş boşlamoqçi bölgan va boşlagan hamda hozirgi kunda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uçun amalda bölgan qonun hujjatlari, şuningdek yangidan qöşimça va özgartirişlar kiritilgan qonun va qonunosti hujjatlari bilan taniştiriş maqsadida joylarda seminarlar, davra suhbatlari ötkazilib borilmoqda.
Yaqinda Amudaryo va Qoraözak tumanlarida foydali qazilmalarni qazib oluvçi korxona boşliqlari, yaʼni tadbirkorlar bilan Jumurtov ŞFY maʼmuriy binosi zalida huquqiy tarğibot va maʼrifat işlarini taşkil etiş samaradorligini oşiriş masalalari yuzasidan ötkazilgan seminar qatnaşçilarda katta taassurotlar qoldirdi. Uşbu seminar tarğibotçilarimiz tomonidan joylarda olib borilayotgan huquqiy tarğibot va maʼrifat işlarining samaradorligi oşişiga albatta, öz hissasini qöşadi.
F.AHMEDOV, "Sanoatgeotexnazorat” DI QQMI davlat inspektori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶