15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 01:02
Jamiyat 👁 3,039

SAYLOVLAR OChIQ VA OShKORALIK RUHIDA, FUQAROLARNING UYuShQOQLIGI VA FAOLLIGI ASOSIDA OʻTDI

SAYLOVLAR OChIQ VA OShKORALIK RUHIDA, FUQAROLARNING UYuShQOQLIGI VA FAOLLIGI ASOSIDA OʻTDI

Maʼlumki, joriy yilning may-iyun oylarida butun mamlakatimiz boʻylab mahalla hayotidagi eng muhim jarayon – fuqarolar yigʻini raisi va uning maslahatchilari saylovi boʻlib oʻtdi.

Tumanimizda 14 nafar aʼzodan iborat tarkibda saylovni tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi tuman komissiyasi hamda fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha 47 ta ishchi guruhlari tuzildi. Tuman komissiyasi va hokimligi tomonidan ishchi guruhlar faoliyati davomida  barcha sharoitlar,  tegishli Qonun hujjatlari va huquqiy adabiyotlar, namunaviy hujjatlar toʻplamlari bilan taʼminlandi.

2016 yilning 10-20-aprel kunlari fuqarolar vakillarini saylash yuzasidan aholi punktlari va koʻchalarda aholining umumiy yigʻilishlari oʻtkazilib, tuman boʻyicha ovoz berish huquqiga ega boʻlgan jami 115117 nafar fuqaro roʻyxatga olindi, aholi punktlari va koʻchalarda – 493 joyda aholining umumiy yigʻilishlari oʻtkazilib, fuqarolar vakillari saylandi.

Fuqarolar vakillarini saylash boʻyicha aholining umumiy yigʻilishlarida ishchi guruhlari tomonidan fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar koʻrsatish, ularga qoʻyiladigan talablar, yigʻin raisi (oqsoqoli) maslahatchilarining miqdor tarkibini belgilash, fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) maslahatchilari lavozimlariga nomzodlar koʻrsatish haqida aholiga keng tushuntirish berish hamda yigʻin raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimlariga eng munosib nomzodlarni saylash yuzasidan fuqarolarning fikr va mulohazalarini umumlashtirish boʻyicha ishlar olib borildi.

Tuman hokimligi va koʻmaklashuvchi komissiya tomonidan saylovga doir jami 9 ta seminar, shu jumladan, 3 ta koʻrgazmali seminar tashkil qilindi.

Ishchi guruhlar tomonidan fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga 105 nafar nomzodlar koʻrsatildi, ularning hujjatlari koʻmaklashuvchi komissiyada muhokama qilinib, tuman hokimiga asoslantirilgan xulosalar berishi uchun taqdim qilindi. Shulardan 101 nafar kishini yigʻin raisi lavozimiga nomzod etib kiritishga kelishim berildi. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi boʻyicha vakillar yigʻilishlari 5-may kuni boshlanib, 3-iyun kuni yakunlandi.

Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va ularning maslahatchilari saylovi yigʻilishlarida vakil boʻlib saylangan jami 3190 nafar vakillardan 2974 nafari, yaʼni 92,3 foizi bevosita saylovlarda ishtirok qildilar.

Amir Temur nomli, Z.M.Bobur nomli ovullar va Bosuv mahalla fuqarolar yigʻinlarida saylovlar yashirin ovoz berish tarzida oʻtkazildi.

Saylangan 47 nafar fuqarolar yigʻinlari raislarining 46 nafari yoki 97,9 foizini oliy maʼlumotlilar, 1 nafari yoki 2,1 foizini oʻrta-maxsus maʼlumotlilar tashkil qiladi.

Jami 47 ta fuqarolar yigʻinlariga saylangan fuqarolar yigʻini raislari (oqsoqollari)ning 2 nafarini ayollar tashkil qiladi, oldin shu lavozimda ishlab kelayotgan 17 nafar yigʻin raisi qayta saylandi, 30 ta fuqarolar yigʻinlarida fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) yangidan saylandi.

Yigʻin raisi vazifasiga saylanganlarning 2 nafari iqtisodchi, 2 nafari huquqshunos, 17 nafari oʻqituvchi, 21 nafari muhandis, 1 nafari agronom va 4 nafari boshqa mutaxassislik egalaridir. Ularning 4 nafari 40 yoshgacha, 15 nafari 40-50 yosh oraligʻidagi, 28 nafari 50 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan kadrlardir. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari boʻlgan fuqarolar yigʻinlari raislari esa 2 nafarni tashkil qiladi.

Saylovlarda fuqarolar yigʻinlari raislarining 471 nafar maslahatchilari saylanib, ular orasida birinchi marotaba saylanganlar 264 nafarni yoki jami maslahatchilarning 56,1 foizini tashkil qildi.

Maslahatchilarning 337 nafari yoki ular jami sonining 71,5 foizi oliy maʼlumotlilar, 106 nafari yoki 22,5 foizi oʻrta-maxsus maʼlumotlilar, 28 nafari yoki 5,9 foizi oʻrta maʼlumotlilardir. Saylangan maslahatchilarning 128 nafari ayollardir. Rais maslahatchilarining 62 nafari 40 yoshgacha, 105 nafari 40-50 yosh oraligʻidagi, 201 nafari 50 yoshdan 60 yoshgacha, 103 nafari 60 yoshdan oshganlar, 3 nafari xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridir.

Umuman olganda, fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi keng jamoatchilikning yuqori darajadagi ishtiroki va fuqarolarning faolligi, tashkilotchiligi bilan amaldagi qonun talablariga muvofiq ochiq va oshkora, muqobillik va teng saylov huquqi asosida oʻtkazildi.

Umid qilamizki, yangidan saylangan fuqarolar yigʻinlarining raislari va ularning maslahatchilari Vatanimiz ravnaqi, el-yurt osoyishtaligi, mahallalarimizda mehr-oqibat, oʻzaro hurmat muhitining bardavom boʻlishi yoʻlida fidoyilik bilan mehnat qiladilar.

 

Rustam ROʻZMETOV, fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi tuman komissiyasi raisi.

(Foto - http://adolat.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019