22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 07:29
Jamiyat 👁 4,305

QAYNONALAR BILAN KELINLAR ORASIDAGI ODOB HAQIDA

QAYNONALAR BILAN KELINLAR ORASIDAGI ODOB HAQIDA

Islomiy adabiyotlarda ilm ezguliklari haqida koʻp narsa yozilgan. Unda "har narsani  oʻzingga ravo koʻrsang, uni boshqaga ham ravo koʻr” degan  hadis bor. Kelinlar haqida soʻz ketganda, bu qoidani xotirada tutish lozim boʻlgani uchun soʻz boshida uni zikr etdik. Oʻzaro janjal, kelishmovchilik boʻlgan uyda qirq kun barokat va rohat boʻlmasligi hammaga maʼlumdir. Qaynonalar uy ichida hammadan koʻp boʻladigan hurmatli kishilar boʻlganliklari uchun oʻzlarining bilganlari va tadbirlari bilan kelinlarini yaxshi odatlarga, qiz bolalarni esa goʻzal odoblarga oʻrgatmoqlari lozimdir. Bordi-yu, ular buning aksini qilsalar, ularga jabru zulm qilgan boʻladilar, bu esa ayb va gunoh sanaladi. Tasavvur qiling, koʻzingiz nuri kabi koʻrib oʻstirayotgan qizlaringiz sizning tarbiyangizdan ayrilib, bir kuni boshqa xonadonga va feʼlini bilmagan  kishilar orasiga kelin boʻlib ketadilar. Shu qizlaringizning baxtli hayot, rohatli umr kechirishlarini koʻrsangiz – quvonasiz, agar qizingizni oyoq ostida, zulm-u jafo ichida koʻrsangiz – qaygʻurasiz. Shunday emasmi?!

Shuning uchun botinib aytadiganimiz, aziz qaynonalar, sizga kelin boʻlib tushganlar ham birovlarning koʻz qorasidir. Ular ham sizning qizingiz kabi qizlarining rohatda umr koʻrishlarini istaydilar, xunuk holatlarni koʻrishga hech rozi emaslar. Shuning uchun siz qaynonalar, oʻzingiz xush koʻrgan, sevgan narsani birov ham sevmogʻini oʻrganingiz. Baʼzi bir qaynonalar borki, kelinlarini har vaqt xoʻrlaydilar, ularning qilgan ishlaridan, aytgan soʻzlaridan ayb topib turadi, fursat kelganda oʻgʻillariga yomonlab, kelinginani yomon koʻrsatishga tirishadilar. Soʻngra oʻgʻlining xotinidan ajralishini talab qiladilar, ajralmasa, alohida yashagin, deb talab qoʻyadilar.

Yemoq, ichmoq borasida ham koʻp azob beradilar. Natijada oʻrinsiz ravishda bir oilaning baxti darz ketadi, oʻgʻil bilan kelin oralariga dushmanlik tushadi. Hayotlari taʼmsiz, dunyolari lazzatsizlanadi, oxiri bu oila ahli tarqalib, xonavayron boʻladi. Xolbuki, bu qaynonaning xulqsizligidan boshqa narsa emas. Bunday qaynonalar insonga berilgan besh kunlik umrda chechak otmoqqa, meva bermoqqa hozirlangan yoshlarning umrlariga dogʻ tushirib, rohatlariga zahar soladilar. Ammo yaxshi qaynonalarni har kim maqtash bilan birga, rahmat ila yodlab ham turadilar. Boshqalarga ibrat-u oʻrnak etib koʻrsatadilar.

Qaynonalarga shafqat-u marhamatli boʻlmoq lozim boʻlgani kabi, kelinlarga ham oʻzlarining qaynonalariga itoat etmoq, xizmat qilmoq goʻzal ishlardan sanaladi. Qaysi ona oʻz jigargoʻshasining jufti-haloliga yomonlikni ravo koʻradi. Axir kelin, jonidan aziz boʻlgan nevaralarining onasi, oʻgʻlining baxti-ku. Baʼzi bir kelinlarga qaynonaning oʻrgatib turishi, nazorati yoqmaydi. Hayotda hali tajribasiz boʻlsa-da, oʻzim bilgan yoʻldan yursam, deydi. Kelganiga hech qancha oʻtmay, "hokimiyatni” qoʻlga olgisi, erini tamoman oʻziniki qilib olgisi keladi.  Axir "qaynonali kelin qar-qara kelin, qaynonasiz kelin masxara kelin”, degan hikmatli ibora bekorga aytilmagan. Juda koʻp holatlarda kelinning bilagʻonligidan oilaviy nizolar kelib chiqadi. Qaynona tarbiyasini koʻrgan kelin hayotda hech qachon qoqilmaydi. Qaynona ham kelinga misoli ona. Onalar esa hech qachon farzandlariga yomonlikni ravo koʻrmaydi. Bu soʻzni aziz kelinjonlarimiz bir umr unutmasliklari lozimdir.

Shunday qilib, yaxshi xizmatlar qilib, xush xulqlari bilan qaynonalaridan duo olgan kelinlarga bir kun kelib, oʻz kelinlari ham shunday xizmat qiladilar. "Xizmat qilgan, hurmat koʻrur”, deganlar. Aksincha qaynonalariga aziyat yetkazsa, xizmat qilmasa, itoat etmasa, gapiga gap qaytarsa, oʻz vaqtida uy ishlarini bajarmasa, kelinjonlarimiz xato qilgan boʻladi. Xullas, qaynonalariga nimani ravo koʻrgan boʻlishsa, bir kuni oʻz kelinidan qaytadi.

 

Oʻktam QURBONIYaZOV,
"Noʻgʻoy eshon bobo” jomeʼ masjidi imom xatibi.
(Foto - http://uza.uz)
🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026