22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 07:28
Jamiyat 👁 3,991

RAQAMLI TELEVIDENIYe yangi imkoniyatlar eshigini ochadi

RAQAMLI TELEVIDENIYe  yangi imkoniyatlar eshigini ochadi

Istiqlol yillarida mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari, xususan, tele- va radiokanallarni rivojlantirish Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Soʻnggi yillarda koʻrilgan qator chora-tadbirlar natijasida televideniye va radioning zamonaviy texnik bazasi yaratildi. Telekoʻrsatuvlarni tayyorlash va tarqatish jarayoniga zamonaviy televizion uskuna va media-texnologiyalar izchillik bilan joriy etilmoqda. Bu esa mamlakatimiz aholisining nafaqat badiiy jihatdan, balki, texnik tomondan ham mukammal tele- va radiodasturlardan bahramand boʻlishiga zamin yaratmoqda.

Yaqin tarixga nazar tashlasak, 1981-yilning kuzida tumanimizga birinchi marta televizion signallarni uzatish moslamasi oʻrnatilib, yurtdoshlarimiz markaziy tele- va radiokanallarni ancha sifatli tarzda qabul qilish imkoniyatiga ega boʻlgan edilar. Mazkur markazning televizion signallarni tarqatish moslamasi hozirgi Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji binosining ustida – 15 metrlik balandlikda joylashgan edi.

Televizion signallar sifatini oshirish maqsadida 1992-yilda Mangʻit shahrida zamonaviy radio-televizion stantsiyasi qurilib, foydalanishga topshirildi.

Ilgarilari stantsiyamiz orqali uzatiladigan televizion signallar radio-rele liniyasi orqali qabul qilib olinar edi. 2005-yilda tumanimizga shisha tolali kabel yotqizilishi natijasida bu jarayon ancha yengillashib, shaharlararo aloqa liniyalari orqali amalga oshiriladigan boʻldi. Qolaversa, shisha tolali kabel yotqizilishi nafaqat televizion signallarni qabul qilish jarayonini osonlashtirdi, balki, tumanimiz aholisining zamonaviy telefon aloqasi, internet va boshqa xizmatlardan foydalanishiga imkoniyat yaratdi.

2006-yilda sohada yana bir ijobiy oʻzgarish roʻy berib, televizion stantsiyadagi uskunalar zamonaviysiga almashtirildi. Yangi rusumdagi, Xitoyda ishlab chiqarilgan analog signal tarqatish uskunalarini ishlatish tartibi, ulardan foydalanish yoʻriqnomalarini oʻrganish uchun 2006-yilda Xitoyning Shanxay shahrida xizmat safarida boʻlib qaytdim. Endilikda markazimiz orqali uzatilayotgan signallarning sifat darajasi ancha oshdi. Shuningdek, bu jarayonda ishlatiladigan uskunalar yuqori sifatga egaligi sababli bugungi kungacha beminnat xizmat qilib kelmoqda.

Hozirgi kunda balandligi 50 metr boʻlgan teleminoraga oʻrnatilgan nominal qiymati 100 Vt kuchlanishdagi analog tizimli uzatkichlar orqali "Oʻzbekiston”, "Sport”, "Yoshlar” va "Qoraqalpogʻiston” telekanallari, shuningdek, "Mahalla”, "Oʻzbekiston”, "Yoshlar” va "Qoraqalpogʻiston” radiokanallari retranslyatsiya qilib kelinmoqda. 2010-yilda esa yana bir quvonchli voqea roʻy berdi – Amudaryo telekanali ishga qoʻshilib, stantsiyamizdagi 10 Vt kuchlanishli teleuzatkichdan efirga uzatila boshlandi.

Dastlab haftasiga 3 kun, har bir chiqishda 2 soatdan efirga uzatila boshlangan telekanal dasturlari 2014-yilning 21-martidan boshlab, haftasiga 5 kun, har chiqishda 3-3,5 soatdan efirga uzatila boshlandi.

2016-yilning avvalidan boshlab esa telekanal dasturlarining davomiyligi har chiqishda 5 soatga yetkazildi. Shuningdek, dasturlarni ilgarigidek kompakt disklarda DVD-pleyerlar orqali uzatish usulidan voz kechilib, zamonaviy kompyuter majmuasi orqali efirga uzatish yoʻlga qoʻyilgani video-tasvir va ovoz signallarining tiniqlik darajasini ancha oshirdi.

Maʼlumki, keyingi yillarda muhtaram Yurtboshimiz rahbarligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jamiyat va davlat boshqaruvi faoliyatining barcha sohalariga keng joriy etish hamda ulardan samarali foydalanish, telekommunikatsiya infratuzilmasi, maʼlumotlarni  uzatish tarmoqlarini modernizatsiya qilish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2012-yil 17-apreldagi qarori bilan tasdiqlangan "Oʻzbekiston Respublikasida raqamli televideniyega texnik va texnologik oʻtish boʻyicha Davlat dasturi” asosida mamlakatimiz hududini raqamli televideniye koʻrsatuvlari bilan qamrab olishni kengaytirish hamda raqamli televideniyega bosqichma-bosqich oʻtish boʻyicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Davlat dasturi doirasida 2016–2017 yillarda mamlakatimiz boʻyicha 84 ta yuqori kuchlanishdagi uzatgichlar oʻrnatilishi va shuning natijasida mamlakatimiz yirik aholi maskanlarining 90 foizining raqamli televideniye bilan qamrab olinishi nazarda tutilgan.

Dasturga asosan joriy yilning 1-choragida Mangʻit radio-televizion stantsiyasiga ham yuqori kuchlanishdagi 2 ta raqamli uzatkich uskunalari keltirildi.

Shu kungacha tumanimiz aholisi Nukus yoki Urganch shaharlarida joylashgan radiotelevizion stantsiyalardan kelayotgan signallarni qabul qilib kelayotgan edi. Albatta, bunday uzoq masofadan kelayotgan signalni tutish uchun qabul qiluvchi moslamalar – antennalar ancha baland joylashishi talab etiladi. Qolaversa, bu signallarning sifati kafolatlanmaydi.

Ushbu uzatkichlarni mamlakatimiz mustaqilligining 25 yillik bayramigacha oʻrnatib, ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Buning natijasida tumanimiz aholisi 1 KVt kuchlanishda ishlovchi teleuzatkichlar orqali yuqori sifat va tiniqlikdagi kafolatli televizion signallarni qabul qilish imkoniyatiga ega boʻlishadi. Eng asosiysi, Amudaryo telekanalini ham raqamli formatda, yuqori tiniqlikda, tumanimizning barcha hududlariga kafolatli tarzda uzatish imkoniyati yaratiladi. Bu esa doimo yangilikka intiluvchi tumanimiz ahlining sevimli telekanali – Amudaryo televideniyesi tahririyati uchun katta imkoniyatlar eshigini ochadi. Darvoqe, yaqinda, 12-17-iyun kunlari Oʻzbekistonning turli hududlarida joylashgan radio-televizion stantsiyalarning texnik xodimlari qatori men ham yangi raqamli texnologiyalarning ishlash tamoyillarini oʻrganish, ularni ekspluatatsiya qilish boʻyicha bilim va koʻnikmalarga ega boʻlish maqsadida Yaponiyaning Fukusima shahrida xizmat safarida boʻldim. Shu yerda internetdagi amunews.uz veb-saytidan "Zamin” informatsion dasturini kuzatib bordim. Hamrohlarim olis Yaponiyada turib, tumanimiz yangiliklarini koʻrayotganimga hayrat va havas bilan qarashdi. Fursatdan foydalanib, telekanal tahririyatini, barcha matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini kasb bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Farhod KAMOLOV,
Mangʻit radio
-televizion stantsiyasi boshligʻi.
(Foto: http://static.norma.uz)
🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026