22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 08:43
Jamiyat 👁 4,079

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

Mehr bitigi

Ishq oʻtida devonai Mashrab boʻlding,

Yoʻlimda poyloqchi, yoʻl toʻsar boʻlding.

Nogahon nigohim tushsa kimgadir,

Rashk azobida boʻgʻmoqchi boʻlding.

 

Ilohim tushimda xaloskor qildi,

Oʻngimda bir ishqni afsona qildi.

Netay, muhabbat qasri asira qilib,

Jonimni joningga payvasta qildi.

 

Barcha oshiqlarni qoldirib dogʻda,

Sevgimiz falakda oshkora boʻldi.

Biz qurgan qasrimiz koshona boʻldi,

Olti farzand andin nishona boʻldi.

 

Eng sara mevazor, gul bogʻimizdan,

Oʻn sakkiz nabira durdona boʻldi.

Allohga ming bora shukrona aytib,

Har tongda, har shomda duolar qilib.

 

Yetmish bahoringda jufti gul boʻlib,

Sheʼr emas, mehr bitdim men sizni suyib.

Ellik yilki siz podshoh - men esa vazir,

Shahzodalar doim xizmatda hozir.

 

Allohning neʼmati – baxt-u-taxtimiz,

Bizga Oy baxt tilagan Hazrati Xizr.

Allohni sevguvchi har bir moʻʼmin ham,

Beshak, shunday baxtga erishgay.

Jongilbika Rahim Bobojon qizi.

Xulosa

Hayot xuddi daryoga oʻxshar,

Orqasiga qaytmaydi oqib.

Keksalar der: - Umrimiz oʻtdi,

Kiprikni bir olguncha qoqib.

Togʻ kabidir, - der birov, – hayot,

Chiqqaningda harakat asta.

Tushganingda xohla-xohlama,

Tezda oʻzni koʻrarsan pastda.

Yana derlar: – Yillar oʻtadi,

Borimizni oʻgʻirlab bir-bir.

Inson zoti borki hammasi,

Bu holatga koʻnishga majbur.

Shunday boʻlsa ne qolar bizdan,

Oʻylantirar shu savol bot-bot –

Yaxshilik qil – yaxshi yasharsan,

Hamda qolar sendan yaxshi ot.

Demak, bundan chiqar xulosa:

Ezgulikka band boʻlib yasha.

Hayot shudir – har kim ham undan,

Aʼmoliga olar yarasha.

Ahmad NAFASOV.

Bizdan ne qoladi...

Bizdan ne qoladi, aziz doʻstlarim,

Aytilgan yaxshi soʻz – ashʼor qoladi.

Bizdan ne qoladi - azim binolar

Qurolsak, qutlugʻ nom – meʼmor qoladi.

 

Bizdan ne qoladi, aziz doʻstlarim,

Hur diyor – jannatga monand qoladi.

Chunki bizlar kamolotga yetkazgan,

Izimiz bosuvchi farzand qoladi.

 

Bizdan ne qoladi, aziz doʻstlarim,

Bajargan ezgu ish – aʼmol qoladi.

Yana ne qoladi – avlodlar uchun,

Oʻrnak boʻlmoqlikka timsol qoladi.

Gulnora YuSUPOVA.

TOʻRTLIKLAR

Sendan kutganlarim shumidi hayot,

Mening tilagimni bermading hayhot?

Baxtsiz odamlarga jonim kuyardi,

Oʻsha baxtsiz odam oʻzimmi, nahot...

* * *

Yoʻq, yoʻq! Unutgin, deb oʻtinma zinhor,

Sen boqiy erursan maʼsum tilakda.

Unuta olmayman, axir noming bor,

Birinchi muhabbat degan yoʻlakda.

* * *

Dunyoda har inson bebaho-sara,

Qadriga yetamiz yoʻqotgan zamon.

Mayli, yoʻllariga bir umr qara,

Biroq u kelmaydi, shunisi yomon!

 

Oʻrozali REYIMOV.

Jon sadagʻa

Oʻzbek qizi dor oʻynar,

Dutor chertib, tor oʻynar.

Xino bosgan kaft, barmoq,

"Qayroq”qa xumor oʻynar.

Ayollarni gul dedim,

Kulgularin dur dedim.

Hay-hay koʻz qamashtirgan,

Jamollarin hur dedim.

Roʻmolchasi qoʻlida,

Ezgu maqsad dilida.

Qadoq qoʻllar charchamas,

Istiqbolning yoʻlida.

Jonimga jon dudogʻa,

Oʻldurgadur adogʻa.

Oyday, anbar yuzlarga,

Deyman shu jon sadagʻa.

Zulfiya OLLAYoROVA.

JOʻRALAR

Gurlan yoʻlning chuqurlarin bilamiz,

Aylanib oʻtishga amal qilamiz.

Tekis kelsa shamol boʻlib yelamiz,

Taksichiga oson demang, joʻralar.

 

Kuyuk koʻpirdan oʻtsak, yaxshi yurarmiz,

Tekis yoʻlda toʻxtamasdan "surarmiz”.

"Reyd” kelsa darhol quyon boʻlarmiz,

Taksichiga oson demang, joʻralar.

 

Shamol boʻlib yetsam "Vaxum” yoʻliga,

Yaxshilab qarayman oʻngu-soʻlimga.

"Sakson”da haydayman tuflab qoʻlimga,

Taksichiga oson demang, joʻralar.

 

Bir amallab Mangʻit bozor boramiz,

Mijoz kutib, yoʻl chetida turamiz.

"DAN” koʻrinsa, darrov rulni buramiz,

Taksichiga oson demang, joʻralar.

 

Tanish koʻrsak peshvoz chiqib, tezlaymiz,

Sumkasini olmoqlikni koʻzlaymiz.

Oʻzi tugul itini ham "siz”laymiz,

Taksichiga oson demang, joʻralar.

 

Bir odamni talashamiz uyalmay,

Soʻkishamiz hatto tilni tiyolmay.

Baʼzilar chiqadi bizni qiyolmay,

Taksichiga oson demang, joʻralar.

 

Mashinani toʻldirmoqlik azobdir,

Gar chaqqon boʻlmasang holing xarobdir.

Toʻrt odam mindirmoq baʼzan sarobdir,

Taksichiga oson demang, joʻralar.

 

Taksi haydab, koʻrganman men holimni,

Ehtiyot qism deb sotdim molimni.

Koʻrmaganman mijozlarday zolimni,

Taksichiga oson demang, joʻralar.

 

Topgan puling taʼmiringga yetmasa,

Maydalab topganga ishing bitmasa.

Farhod aytar benzinimga yetmasa,

Taksichiga oson demang, joʻralar.

Farhod AVEZOV, Namuna MFY.

KITOB OʻQING

Qoʻying endi internetni,

Tashlang bugun telefonni.

Doʻst tanlashda adashmanglar,

Eng yaqin doʻst kitob! Kitob!

 

Kitob aro ziyo porlar,

Ezguliklar, unar gullar.

Maysa, shudring ovozi bor,

Toʻrt faslning parvozi bor.

 

Koʻz oldingiz chaman boʻlar,

Goho daraxt tilga kirar.

Tabiatga shaydolik va

Mehringiz ham ortib borar.

 

Tarixingni bilgin oʻgʻlon,

Hushyor, ogoh boʻlgin har on.

Dunyo sirin ochmoq boʻlsang,

Kitobdadir ulugʻ irfon.

Zuhra AHMEDOVA,

"Jayxun ilhomlari”

NNT aʼzosi.

TOʻRTLIKLAR

Bolalik, qoldingmi tushga aylanib,

Shoʻx-shodon yugurgan koʻchalarimda.

Yuragim qaʼrida manguga qolding,

Ona deb uzatgan qoʻlchalarimda.

* * *

Qiz bolaga ibo-yu husn yarashar,

Qalbida u bilan sevgi ham yashar.

Orzular ummonida daryodek toshar,

Guldek uzib qalbini soʻndirmang faqat.

* * *

Borliq goʻzallikka burkangan kunda,

Oppoq qor koʻnglimni yoritgan tunda.

Qalbimda orzular joʻshar bir zumda,

Armonlar yiroqda, qaygʻu yiroqda.

* * *

Baxt  uyin quraylik goʻzal, betakror,

Ikkimizdan oʻzga kira olmasin.

Sevgi quyosh boʻlib nur sochsin unga,

Bulutlar, gumonlar soya solmasin.

Nasiba SULTONOVA,

Melioratsiya va suv xoʻjaligi

kasb-hunar kolleji oʻqituvchisi.

FARZANDLARIM

Mening farzandlarim – mening iqbolim,

Kelajakka qoʻygan tamal toshlarim.

Baʼzan oʻksib qolsam, boʻylarin koʻrib,

Taskindan toʻkilgay koʻzdan yoshlarim.

 

Ular Alloh bergan neʼmatlarimdir,

El ichra hurmat-u izzatlarimdir.

Dunyo eshigidan beiz oʻtmadim,

Ular elga qilgan xizmatlarimdir.

 

Otasiz qoldi, deb oʻksitmagayman,

Burgut-u lochinga choʻqitmagayman.

Onali etimni gul etim deydi,

Gullarni kaftimda opichlagayman.

 

Hayot yoʻllarida elkadosh boʻlib,

Har qanday ishda ham maslakdosh boʻlib,

Toʻgʻri yoʻlga boshlab, qoʻlidan tutib

Yashayman ularga doʻst, yoʻldosh boʻlib.

 

Sirojiddin elga nur, quyosh boʻlsin,

Ogʻabegim yurtga Bek, ogʻa boʻlsin.

Ular ishqdan bunyod Tojmahallarim,

Poylariga gullar poyondoz boʻlsin.

 

Boʻylari boʻyimdan oʻtgan boʻylarim,

Faqat shirin xayol ichra oʻylarim.

Faqat sizga boʻlsin jonlarim fido,

Yurakdagi sevgi, navo, kuylarim.

 

Vatan ishqi bilan yashasa boʻldi,

Vatan mehri asrab, oʻssin bir umr.

Bagʻrimni farzandlar bilan toʻldirding,

Alloh, senga ming bor, ming bor tashakkur!

Guloyim BEGJONOVA,

11-sonli maktab oʻqituvchisi.

VATAN

Zamin uzra bir goʻzal chaman,

Tinch, osuda yuksalar har on.

Amudaryo atalmish makon –

Omon boʻlsin Qilichboy elim.

Obi-hayot – shoʻx daryosi bor.

Gavjum, guzar choyxonasi bor.

Mehmonnavoz – anʼanasi bor,

Omon boʻlsin Mangʻitim mening!

Tuprogʻi – dur, suvlari – gavhar,

Urugʻ sochsang oltin, zar unar.

Bu zaminda noz-neʼmat bisyor,

Omon boʻlsin mehnatkash elim!

Parvozga shay polaponlarin

Orzulari osmon qadar keng.

Bellashganda dunyo bilan teng,

Barkamol ul-qizlarim mening.

 

Roza YOʻLDOShEVA,

"Doʻrman” qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji, tarbiyachi-pedagog.

Katta boʻlganda

 (Bolalarga)

Ulgʻaysa xushfeʼl bola,

Boʻladi xushfeʼl kishi.

Hammaga maʼqul kelar

Uning qilgan har ishi.

 

Aʼlochi bola oʻsib,

Boʻlar olim, injener.

Fikr qilib tun-u kun

Bir yangilik topsam, der.

 

Sportni sevgan bola,

Koʻringani bilan joʻn.

Katta boʻlsa albatta,

Boʻlar mashhur chempion.

 

Xayolga oshno bola

Yulduzlardan oʻqir sir.

Ulgʻayganda u balki,

Boʻlmoqchidir fazogir.

 

Chinoroy

OʻRINBOYeVA.

Kollejim!

Ustozlar maqtashar guruhimizni,

Ahilmiz oʻttiz uch nafar oʻquvchi

Ilmga sarf etib bor kuchimizni,

Qoʻllab-quvvatlaymiz bir-birimizni.

Chunki bizni kutar porloq kelajak,

Ilm-u hunar bilan topgaymiz iqbol.

Mustaqil Vatanga kuchlilar kerak,

Kuch-qudrat yoʻliga chorlar Istiqlol.

Guruh rahbarimiz dono, bilimdon:

"Har lahza gʻanimat, oʻqingiz, - deydi,

Telegram Instagram

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026