SAYoHAT – RAGʻBAT BOʻLDI
Xiva – necha ming yillik tarixga ega qadimiy, navqiron va goʻzal shahar. Yaqinda "Jayxun ilhomlari” NNT tomonidan yosh ijodkorlarni ragʻbatlantirish maqsadida Xiva shahriga sayohatga olib borilishi, bizga uning tarixi bilan yaqindan tanishish imkonini berdi. Biz – yosh ijodkorlar Xivadagi "Ichan qalʼa” meʼmoriy majmuasi ichidagi noyob va mahobatli minoralarni koʻrib, inson aql-u zakosi koʻp narsaga qodirligiga yana bir marta amin boʻldik. Muzeylarni koʻrib, xonlik davridagi odamlarning yashash sharoiti bilan tanishdik va qoraqalpoq shoiri Ajiniyoz Qoʻsibay oʻgʻli hamda turkman va oʻzbek xalqlarining sevimli shoiri Maxtumquli tahsil olgan Shergʻozixon madrasasini ham borib koʻrdik.
Shahar har galgidek sayyohlar bilan gavjum. Ular Xivaning tarixini oʻrganib, minoralarini suratga olib, yogʻochdan oʻyib yasalgan imoratlar eshik va darvozalariga qoyil qolib, ushlab koʻrishayotganiga koʻzimiz tushdi. Ayniqsa, hunarmandchilik, kulolchilik, zardoʻzlik, zargarlik, oʻymakorlik sanʼatlarining yorqin namunalarini miriqib tomosha qildik. "Inson qoʻli gul, faqat uni ishlata bil”, – deb bejizga aytilmaganda. Osmonoʻpar, mahobatli minoralar, biri-biridan goʻzal naqshlar bilan bezatilgan devorlarni kuzatib, moʻʼjiza, deging keladi. Oʻsha davrda texnikasiz shunday devor-u, imoratlarni qurish juda ham qiyin boʻlgan boʻlsa kerak. Qadimiy obidalarni koʻrish uchun Germaniya, Angliya, Frantsiya, Ispaniya, Italiya, Gollandiya, Xitoy va Koreya davlatlaridan kelgan sayyohlar bilan soʻzlashib, esdalik uchun suratlarga tushdik. Bizning yurtimizda shunday buyuk, noyob yodgorliklarning borligi va biz shunday buyuk yurtning egalari ekanimizdan faxrlandik. Biz bu sayohatdan qalbimizda katta faxr va iftixor tuygʻusi bilan qaytdik hamda yana ham oʻz ustimizda koʻproq ishlab, yetuk maqolalar, sheʼrlar yozish ishtiyoqi koʻnglimizda joʻsh urdi.
Maftuna KENJABOEVA,
44-sonli maktab oʻquvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶