KITOBXONLARGA KATTA SOVFA BOʻLDI
Kutubxona - insonlar maʼnaviy oziq oladigan maskandir. Har safar Mangʻit shahriga borganimda tumanimiz ommaviy axborot vositalari joylashgan binoga kirmasdan keta olmayman.
Tahririyatdagi ustozlarim bilan suhbatlashaman va ijod namunalarim yuzasidan maslahatlar olaman. Eng quvonarlisi shundaki, u yerda "Jayxun ilhomlari” NNT tomonidan tashkil etilgan kutubxonadagi kitoblar mutolaasidan bahramand boʻlaman.
Kutubxonada turli xil mavzuda, barcha yoshdagilar uchun kitoblar mavjud. Kutubxonaning tashkil etilishi, ayniqsa, biz yoshlar uchun katta sovgʻa boʻldi.
Bunday maʼnaviyat markazlarining tashkil etilishi tumanimiz yoshlarining aql-idrokli, barkamol va maʼnaviyatli insonlar boʻlib kamol topishiga zamin yaratadi.
Yulduz MADADOVA,
44-sonli maktab oʻquvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶