ILMIY-AMALIY SEMINAR
Yaqinda tuman Madaniyat uyida Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirligi tomonidan "Oila, mahalla va taʼlim muassasasida psixologik xavfsizlikni taʼminlashning asosiy omillari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar oʻtkazildi.
Ilmiy-amaliy seminarni oʻtkazishda taʼlim muassasasi psixologining kasbiy malakasi va ish faoliyati samaradorligini oshirish, erta nikoh, huquqbuzarliklarning oldini olish, oʻsmirlar bilan ishlashda diagnostika metodlari taqdim etish va psixokorrektsiya metodlarini oʻrgatish kabi maqsadlar koʻzda tutilgan edi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tuman hokimi muovini, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi M.Ahmedova, oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi vakili rahbari E.Nurtoyev, "FERGANA GRAND MEDICAL SERVICE” neyropsixologik markazi rahbari, psixologiya fanlari nomzodi, xalq taʼlimi aʼlochisi Sh.Mustafayevalarning maʼruzalari tinglandi.
Shuningdek, ruhiy zoʻriqishning oldini olishga koʻmaklashuvchi mashgʻulotlar namoyish etilib, tavsiyalar berildi. Ishtirokchilarning savollariga javoblar qaytarildi.
(Oʻz muxbirimizdan).

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶