QULAYLIKDAN FOYDALANIŞ QOIDALARI BOR
Uy-rözğorimizda işlatiladigan maişiy gaz ballonlari ötin-kömirga nisbatan ham arzonligi, ham qulayligi bilan uy bekalariga manzurdir.
Hozirgi kunda tabiiy gaz bosimi past bölgan hududlarda siqilgan gaz ballonlaridan foydalanilmoqda.
Uy-rözğor işlarida foydalanilayotgan har bir buyum, ayniqsa, gaz ballonlarni işlatişda öziga xos qöllanilişi lozim bölgan talablar, qoidalar borligini, agar ana şu talab hamda qoidalardan çetga çiqilsa yoki amal qilinmasa, biz tilga olgan öşa qulaylikning nihoyatda qimmatga tuşişi heç gap emas.
Eng avvalo, maişiy gaz ballonidan foydalanayotgan fuqaro bu qoidani biladimi? Agar bilsa, unga amal qilayaptimi? Bu savolga javob topiş maqsadida tuman IIB YoXB va Surgil gaz koni 11-harbiylaştirilgan yonğin xavfsizligi qismi xodimlari tuman gaz taʼminoti korxonasi xodimlari bilan birga bir qator tekşirişlar va tuşuntiriş işlarini olib borişmoqda. Avvalo şuni aytiş lozimki, fuqarolar xonadonlarida uy-rözğor işlarida foydalaniş uçun berilgan maişiy gaz ballonlari texnik körikdan ötkazilib, sozlangan va foydalaniş ruxsatnomasiga ega bölişi, foydalaniş, muddati tugagaç, gaz taʼminoti korxonasiga qaytarilişi, qolaversa, gaz balloni saqlanadigan joy yonğin texnik talablariga javob berişi kerak. Olovli işlar olib borilayotgan joylarda yoki quyoş nuri muttasil tuşib, qizib turadigan joyda maişiy gaz ballonini saqlaş mumkin emasligini har bir foydalanuvçi fuqaro yaxşi bilişi lozim. Garçand, bular oddiy talablar bölsa-da, ularga amal qilinmasligi oğir oqibatlarga olib keladi. Inson hayotigagina emas, atrof-muhitga ham salbiy taʼsir etişi mumkin.
B.YÖLDOŞEV,
Surgil gaz konini yonğindan muhofaza qiluvçi
11-HYoXQ smena boşliği, kapitan.
(Foto - http://zarnews.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶