GULShAN ARO GULChEHRALAR
Mamlakatimizda yoshlar, ayniqsa qizlarni hayotga tayyorlash, ularni milliy anʼanalarga hurmat ruhida tarbiyalashga katta eʼtibor qaratilmoqda. Shu maqsadda qator tadbirlar, koʻrik-tanlovlar tashkil qilinmoqda.
"Sogʻlom ona va bola yili” Davlat dasturining 39-bandi hamda 2016-yil 31 martda tasdiqlangan "Respublikaning barcha umumtaʼlim maktablarida, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda faoliyatyuritayotgan "Orasta qizlar” toʻgaraklari orqali oʻtkaziladigan targʻibot tadbirlari qoʻshma rejasi” ijrosini taʼminlash maqsadida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchi-qizlari oʻrtasida "Gulshan aro gulchehralar” mavzusidagi koʻrik-tanlovni tashkil etish va oʻtkazish rejalashtirilgan. Shunga muvofiq, yaqinda 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida "Gulshan aro gulchehralar” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.
Koʻrik-tanlov "Sogʻlom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi hamda qator jamoat tashkilotlari hamkorligida oʻquvchi-qizlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, yuksak odob-axloq tamoyillari asosida tarbiyalash, qizlar oʻrtasida oilaviy hayotga tayyor boʻlmay turib, barvaqt turmush qurishning oldini olish, qizlarning oiladagi va taʼlim muassasalaridagi faolligini oshirish, ularning salomatligini muhofaza qilish va kelgusida sogʻlom oilani shakllantirish, shuningdek, oʻquvchi-yoshlar tafakkurida internetdan foydalanish madaniyatini shakllantirish, "ommaviy madaniyat”, missionerlikning salbiy oqibatlariga qarshi kurashish uchun ularda maʼnaviy immunitetni shakllantirish maqsadida tashkil qilindi.
Tumanimizdagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari jamoalari ishtirokida oʻtkazilgan koʻrik-tanlov qizlarimizning iqtidorini yuzaga chiqarishda muhim vosita boʻldi.
Koʻrik-tanlovda tumanimizdagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining bilimdon qizlari ishtirok etishdi. Ishtirokchilar sahna koʻrinishlari orqali oʻz iqtidorlarini namoyish qilishib, qizlar hayotida uchraydigan muammolarga tomoshabinlar eʼtiborini jalb qildilar. Qizlarning chiqishlari hakamlar hayʼati tomonidan baholanib, Amudaryo agrobiznes kasb-hunar kolleji jamoasi 1-oʻringa, Amudaryo maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji jamoasi 2-oʻringa, Amudaryo Transport kasb-hunar kolleji jamoasi 3-oʻringa loyiq deb topildi. Gʻoliblarga tuman Xotin-qizlar qoʻmitasining faxriy yorliqlari topshirildi.
Oʻz muxbirimizdan.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶