KOMPYuTER TEXNOLOGIYaLARINING TAʼLIM JARAYoNIDAGI ÖRNI
Yigirmançi asr örtalariga kelib tezkor maşina mexanizmlaridan foydalana boşlandi. Murakkab texnika va texnologiyalar öylab topildi. Köpgina masalalarni hal qiliş jarayonida axborot hajmi behisob bir majmuaga aylandi hamda bu axborotlarni yiğiş va uzatiş vositalarini yaratiş, ularni vaqtida qayta işlab, boşqariş uçun zarur bölgan çoralarni belgilab çiqiş zarurati tuğildi.
Hozirgi kunda kompyuter texnologiyalari kirib bormagan soha deyarli uçramaydi. Kompyuter texnologiyalaridan faqat hisoblaş işlarini olib boriş uçun emas, balki hayotga tatbiq qilinadigan elektron darsliklar, rasm va video tasmalarni qayta işlovçi, katta hajmli maʼlumotlarni özida saqlovçi dasturlar yaratiş uçun ham foydalaniladi. Sönggi yillarda kompyuter va uning dasturiy taʼminotiga bölgan talab va qiziqişlar ortib bormoqda. Bu esa öz navbatida dasturçidan katta izlaniş va mahoratni talab qiladi.
Taʼlim sifatini oşiriş bugungi kunning asosiy vazifalaridan biridir. Çunki bugungi kunda insoniyat rivojlanişi şunday bosqiçga etib bordi-ki, bu bosqiçda inson aql-zakovati, bilimi va uning mutaxassis sifatidagi malakasi hal qiluvçi rol öynaydigan bölib qoldi.
Taʼlim sifatini oşiriş öquv dargohlarini zamonaviy öquv rejalari, dasturlar, öquv jihozlari bilan taʼminlaş, yangi darsliklar va qöllanmalar yaratiş, ilğor pedagogik texnologiyalarni joriy etişni taqozo etadi.
Albatta, jihozlar, darsliklar, texnologiyalar ham uşbu vazifaning töliq bajarilişini taʼminlay olmaydi. Çunki taʼlim sifati köp jihatdan taʼlim beruvçining şaxsiga va malakasiga boğliqdir.
Taʼlim jarayonini taşkil etiş, uni etarli materiallar bilan taʼminlaş, öquv jihozlaridan maqsadli foydalaniş, öquvçi fikrini darsga doimiy jalb etiş öqituvçidan katta mahorat, bilim va könikma talab etadi.
Hozirgi zamon mutaxassislari faoliyat doiralari qanday bölişidan qatʼiy nazar, informatika böyiça keng kölamdagi bilimlarga, zamonaviy hisoblaş texnikasi, informatsion aloqa va kommunikatsiya tizimlari, orgtexnika vositalari va ulardan foydalaniş borasida etarli malakalarga ega bölişi hamda yangi informatsion texnika va texnologiyalarning rivoji töğrisidagi bilimlarni özida mujassamlaştirgan bölişi kerak. Zamonaviy hisoblaş texnikasi va informatsion texnologiyalarning kun sayin rivojlanib, jamiyatning esa tobora axborotlaşib borişi sababli, uzluksiz taʼlim tizimining örta va yuqori bosqiçlariga informatika, işlab çiqariş va boşqariş jarayonlarini kompyuterlaştiriş böyiça bir qator öquv fanlari kiritilgan.
Bir söz bilan aytganda, bugungi tezkor davrda barça sohalarda boşqariş jarayonini takomillaştiriş, axborot tizimini joriy etiş, mutaxassislarni kompyuterda işlaşga örgatiş muhim ahamiyatga ega.
Nilufar SOATBOYeVA,
Amudaryo akademik litseyi informatika fani öqituvçisi.
(Foto - http://www.uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶